Niderlandiyaning Shiphol aeroportida 6-noyabr kuni kechki payt uchuvchi samolyotni olib qochishga urinishdan darak beruvchi xavf tugmasini adashib bosib yubordi. Bu haqda havo kemasi egasi bo‘lgan Air Europa aviakompaniyasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Hodisa oqibatida Niderlandiyaning asosiy aeroportidagi D terminali ma’lum vaqt yopib qo‘yildi. Voqea joyiga maxsus bo‘linma, politsiya, o‘t o‘chiruvchilar va tez tibbiy yordam mashinalari yetib keldi. Vaziyatga aholiga ehtimoliy tahdidni anglatuvchi xavfning uchinchi darajasi maqomi berilgan edi.
Izoh (0)