• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” oqshomi: Tojik—o‘zbek chegarasiga hujum qilgan IShIDchilar, qizchasini yoqib yuborgan ota-ona, Farg‘onaga xavf solayotgan falokat va 6-noyabrning boshqa muhim xabarlari

    Kunning eng asosiy yangiligi: Tojikiston—O‘zbekiston chegarasidagi tojik postiga IShID jangarilari hujum qildi. Hujum oqibatida tojikistonlik bir harbiy va bir militsiya xodimi halok bo‘lgan. Terrorchilarning esa 15 nafari yo‘q qilingan, besh nafari qo‘lga olingan. IShID a’zolari deyilayotgan jangarilarning shuncha joy qolib, aynan O‘zbekiston chegarasidagi postga, tag‘in Toshkentda MDH maxsus xizmatlari rahbarlari uchrashuvi arafasida hujum qilgani juda bir g‘alati.

    Tojikiston harbiylari tomonidan zararsizlantirilgan terrorchilar avtomobili.

    Tojikiston harbiylari tomonidan zararsizlantirilgan terrorchilar avtomobili.
    Foto: Tojikiston IIV matbuot xizmati

    Bugungi kun kechagisidan dahshatli: Kecha Qashqadaryoda 15 yoshli o‘quvchi qiz ona bo‘lib qolgani haqida yozilgandi, bugunning shov-shuvi — Toshkentda besh yashar qizini o‘ldirib, yoqib yuborgan ota-ona. Ular bu qilmishni sodir etgan vaqtda mast bo‘lgan. Jinoyat oradan bir haftadan ko‘proq vaqt o‘tib — onaning o‘zi: “Qizim yo‘qoldi”, deb ariza bilan murojaat qilganidan so‘ng fosh etilgan. Ayni vaqtda ota-ona hibsda, biroq ular nima uchun bolani o‘ldirgani hozircha noma’lum.

    Farg‘ona vodiysiga radioaktiv falokat xavf solmoqda, deya bong urmoqda Reuters va Euronews. Qirg‘iziston janubi-g‘arbiy qismidagi Moylisoy shahri yaqinida dunyodagi eng yirik radioaktiv chiqindilar ombori joylashgan. Sovet davrida Moylisoy uran qazib olish va qayta ishlashdagi muhim markazlardan biri bo‘lgan. Aytishlaricha, Agar radioktiv chiqindilar Norin daryosiga oqib ketsa, bu vodiyning barcha aholisi uchun — xususan, o‘zbekistonliklar uchun ham yirik fojia bo‘ladi.

    Sankt-Peterburg — o‘zbekistonliklar shahri! Shahar rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, 2019-yilda chet elliklarga ishlash uchun berilgan patentlarning 70 foizini O‘zbekiston fuqarolari olgan (bekordan-bekorga: “Sankt-Peterburgda 1 million o‘zbekistonlik bor!”, deb aytishmagan-da). Lekin Piterda hamma o‘zbeklar ham qonuniy ishlayotgani yo‘q — masalan, Budapesht ko‘chasida noqonuniy kazino ochgan 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosi fosh etilgan.

    O‘zbekistonda yana nima yangiliklar? Qashqadaryoda qor yog‘di. Surxondaryo va Qoraqalpog‘iston tomonlarda buxanka non narxi 2—2,5 ming so‘mgacha ko‘tarilib ketdi. Toshkentda ko‘p qavatli binolarni beton o‘rniga yog‘ochdan qurish taklif qilindi. Farg‘onadagi YTH oqibatida ikki o‘quvchi qiz halok bo‘ldi. Mamlakatda 10 oy davomida yuz bergan 10 mingga yaqin yong‘in oqibatida 100 ga yaqin odam qurbon bo‘ldi. Andijonda sinovdan o‘tkazish uchun IIB xodimlariga elektromobillar beriladi. Va yana Andijon — elektr energiyasidan salkam 4 million so‘m qarzi bor ayol MIB xodimini xoda bilan kaltakladi.

    Jahonda-chi, nima gap? Aytishlaricha, IShIDning sobiq yetakchisi Al-Bag‘dodiy o‘limidan oldin cho‘ponlar libosida yurgan, Erdo‘g‘on esa Al-Bag‘dodiyning xotini ham hibsga olinganini ma’lum qildi. Yaponiya bosh vaziri ikki vazir iste’foga chiqqani uchun xalqdan kechirim so‘rabdi: “Ularni men tayinlagan edim, men javobgarman, kechiringlar!”, deb. Shimoliy Osetiyada o‘zbekistonlik erkak 7 yoshli qizning nomusiga tegdi. Qozog‘istonda esa uch o‘zbekistonlikning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 5 yilga qamaldi. Va bitta ijobiy yangilik — o‘zbekistonlik imkoniyati cheklangan qizcha o‘z she’ri bilan Central Asia’s Got Talent hakamlarini ta’sirlantirdi (videosini ko‘ring albatta).

    Ha-ya, aytmoqchi, Toshkent metropolitenidagi nomi o‘zgargan va o‘zgaradigan bekatlari haqidagi maqola hamda “Alpomish” dostonining 1020 yilligiga bag‘ishlangan testni ham o‘tkazib yubormang.

    06.11.2019, 21:00   Izoh (0)   77712
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda vaqtincha bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi

    06.11.2019, 20:48

    Toshkent viloyatining 8 ta hududida elektr energiyasi ta’minotida uzilishi bo‘lishi kutilmoqda

    06.11.2019, 20:30

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida “buxanka” narxi 2500 so‘mgacha ko‘tarildi

    06.11.2019, 19:35

    Toshkent metropoliteni — bekatlarining nomi juda ko‘p o‘zgargan yerosti saroyi

    06.11.2019, 19:19

    Toshkent tumanidagi tovuq fermasida yuz bergan yong‘inda 150 dan ortiq tovuq nobud bo‘ldi

    06.11.2019, 19:04

    Reuters va Euronews: Farg‘ona vodiysiga radioaktiv falokat xavf solmoqda (video)

    06.11.2019, 18:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” asosiy e’tiborini Reshford transferiga qaratadi

    Sport | 12 iyul, 10:35

    O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 10:25

    Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

    Dunyo | 12 iyul, 10:06

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.