Qashqadaryo viloyati Kitob tumani tog‘lariga birinchi qor yog‘di. Bu haqda Nasafnews xabar berdi.

Foto: Nasafnews

Xabar berilishicha, qor Hisor tog‘ tizmasi yonbag‘irlarida joylashgan Matmon qishlog‘ida yog‘gan. Nashr taqdim etgan suratda mazkur qishloqning qor bosgan qirlari aks etgan.

Foto: Nasafnews

Avvalroq “O‘zgidromet” tomonidan noyabr oyi sovuq va nam harorat bilan boshlanishi va mazkur hafta davomida ilk kuzgi ayoz kuzatilishi ma’lum qilingan edi.