• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida yangi bog‘ va tokzorlar barpo etish uchun 1 trln so‘m yo‘naltiriladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-noyabr, seshanba kuni meva-sabzavotchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va eksportini oshirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan bog‘dorchilik tarmog‘i va issiqxona xo‘jaliklarida boshqaruv tizimini yaxshilash, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish, qishloq xo‘jaligida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalar asosida yuqori sifatli, raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, oziq-ovqat sanoatini jadal sur’atlarda rivojlantirish maqsadida qator farmon va qarorlar qabul qilindi.

    Qayd etilishicha, jahon bozorida meva-sabzavot mahsulotlari savdosi 205 milliard dollarni tashkil etgan bir paytda, O‘zbekistonning ulushi bir foizga ham yetmayapti.

    Yig‘ilishda kelgusi yilda meva-sabzavot eksportini 2,5 milliard dollarga yetkazish, keyingi uch yilda bu ko‘rsatkichni 5 milliard dollarga yetkazish imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi.

    Davlat rahbarining ta’kidlashicha, bunga erishish uchun ekin va navlarni to‘g‘ri tanlash, hosildorlik va daromadni kamida ikki—uch barobarga oshirish, isrofgarchiliklarning oldini olish, mahsulotlarni saqlash, logistika masalalari, eksportni to‘g‘ri tashkil etish lozim.

    Bugungi kunda dunyo bozorlarida gilos, o‘rik, olxo‘ri, anor, uzum, bodom, sitrus mevalar kabi mahsulotlarga talab yuqori va ushbu mahsulotlar eksport tushumining asosiy qismini tashkil etmoqda.

    O‘zbekistonda bunday mevazorlar, ayniqsa intensiv usuldagi bog‘lar yetarlicha tashkil etilmayotgani, bog‘ va tokzorlar yaroqsiz holatga kelib qolgani sababli ularning iqtisodiy samaradorligi o‘ta past darajada qolayotgani, qator tumanlarda minglab gektar eski bog‘lar yillar davomida hosil bermayotgani tanqid qilindi. Hanuzgacha “mahsulot yetishtirish — xarid qilish — saqlash va qayta ishlash — eksport” zanjirini tashkil etadigan kooperatsiya tizimi joriy qilinmagan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yana bir salbiy holat uzumchilikni rivojlantirishda vinochilik korxonalarining o‘rni sezilmayotgani bilan bog‘liq.

    “Bu kabi muammolar ta’sirida mamlakatimizda mahsulotlarni yig‘ishtirish va saqlashdagi yo‘qotishlar hajmi 30 foizdan kamaymayapti, — dedi Prezident. — Ya’ni, olingan meva nobud bo‘lib, tuproqqa qorilmoqda. Bunday sharoitda qanday yangi bog‘ va tokzorlar haqida gapirish mumkin?”.

    Qayd etilganidek, bir qator tumanlar paxta yetishtirishni qisqartirib, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirildi. Lekin, ushbu yo‘nalishda ham ishlar qoniqarli darajada bo‘lganicha yo‘q.

    Seleksiya borasida ilmiy tadqiqotlar yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagani bois mamlakat urug‘likni import qilishga majbur bo‘lmoqda.

    “Mineral o‘g‘itlar ta’minoti, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish ishlari tizimli tashkil etilmagani ham dehqonning ortiqcha ovora bo‘lishiga olib kelib, hosildorlikni oshirishga salbiy ta’sir qilmoqda”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Sohada yechimini topishi lozim bo‘lgan masalalar talaygina. Shuning uchun eskirgan tizimdan butunlay voz kechib, mutlaqo yangi uzluksiz zanjirni ya’ni, kooperatsiya va klaster tizimini tashkil etish kerakligi ta’kidlandi. Bunday yo‘l jahon tajribasida o‘zining samaradorligini isbotladi, klasterning joriy etilishi sohada yuqori natijalarga olib kelayotganini ko‘rsatmoqda.

    Shu munosabat bilan Prezident O‘zbekistonda bir nechta yirik eksportyor klaster tashkil etish, qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish va daromadni oshirish, mahsulot ishlab chiqaruvchilarni aniq bozor, aniq moliyaviy manba bilan ishlaydigan tadbirkorga biriktirish zarurligini ta’kidladi.

    Xorijiy mutaxassislar ko‘magida tashkil etilgan Surxondaryo tajribasi asosida 55 ta tumanni eksportbop muayyan mahsulotlar turini yetishtirishga ixtisoslashtirish vazifasi qo‘yildi.

    Bundan tashqari, har bir viloyat va tuman hokimi klasterlar bilan meva-sabzavotni to‘g‘ri joylashtirishga, agrotexnik tadbirlarning o‘tkazilishiga, yetishtirilgan mahsulotni eksportyor yoki qayta ishlovchiga to‘liq yetkazilishiga shaxsan javobgarligi belgilandi.

    Moliya vazirligiga yangi tizim asosida eksportbop mahsulotlar yetishtirishni rag‘batlantirish bo‘yicha moliyalashtirish yuzasidan taklif kiritish topshirildi.

    Qishloq aholisi bandligini ta’minlash maqsadida yangi tashkil qilinayotgan kooperatsiyalar negizida 1 gektardan 5 gektargacha ijara asosida yer ajratib beriladi. Yangi bog‘ va tokzorlarni barpo etishga “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida bir trillion so‘m yo‘naltiriladi.

    Kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash maqsadida Farg‘ona vodiysining 22 ta tumanida 31 ta namunaviy kooperatsiya tashkil qilinadi. Har bir kooperatsiyaga kamida 50 nafardan ishsiz fuqaro a’zolikka qabul qilinib, ularga foydalanilmayotgan yerlar, subsidiyalar hamda imtiyozli kreditlar ajratiladi.

    Xalqaro hamda mahalliy moliya tashkilotlaridan mablag‘lar jalb etish orqali gilos, o‘rik, anor, shaftoli, olxo‘ri, yong‘oq kabi mevalarga ixtisoslashgan yangi zamonaviy bog‘ tashkil qilish hisobiga hosildorlikni keskin oshirish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. Shu bilan birga, eksportbop uzumzorlarni tashkil etish yuzasidan “manzilli dastur” tasdiqlash vazifasi yuklatildi.

    Oziq-ovqat va spirtli ichimliklar sanoatida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish, ishlab chiqarish hajmini keskin oshirish, marketing va innovatsiyani keng qo‘llagan holda eksportbop mahsulotlar assortimentini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash, yangi bozorlarni topishga qaratilgan yangicha tizim tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

    Prezident bog‘dorchilik rivoji uchun avvalo ko‘chat zarurligi, shuning uchun har yili 20 million dona ko‘chat yetishtirishni yo‘lga qo‘yish va eksport qilish imkoniyati borligi ko‘rsatib o‘tdi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga manfaatdor tashkilotlar bilan birga kelgusi yili o‘rik, gilos, shaftoli, xo‘raki va sanoatbop uzum, anor, yong‘oq, bodom ko‘chatlari yetishtirish plantansiyalari tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, Jahon banki mablag‘lari hisobidan Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining hududiy uchastkalarida “in-vitro” laboratoriyalari tashkil etish bo‘yicha ham ko‘rsatma berildi.

    Intensiv ko‘chatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini fermerlarga subsidiya sifatida qoplab berish, 2020-yil 1-apreldan boshlab “sog‘lomlik” sertifikatiga ega bo‘lmagan ko‘chatlarni mamlakatga olib kelib, ekishni to‘xtatish zarurligi qayd etildi.

    Mamlakat aholisining oziq-ovqatga bo‘lgan talabini qoplash va eksport hajmini oshirish uchun meva-sabzavot yetishtirishni yiliga 8—10 foizga ko‘paytirish va qo‘shimcha bir million tonnadan ortiq mahsulot yetishtirish zarur. Shu bois Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyat va tumanlar hokimlariga 2020-yilda qayta foydalanishga kiritiladigan 77 ming gektar maydonga oziq-ovqat ekinlari, erta pishar mahsulot yetishtirish uchun 200 ming gektarda to‘qsonbosti usulida sabzavotlar ekilishini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    O‘simliklarga kimyoviy ishlov berish va zararkunandalarga qarshi kurashish ham muhim masalalardan. Prezident Shavkat Mirziyoyev buning uchun ixtisoslashgan tumanlarda mineral o‘g‘itlar do‘konlarini tashkil etish, fermerlar va aholi tomorqalariga shu borada xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish zarurligini ta’kidladi.

    Yig‘ilishda aytilgan chora-tadbirlar ijrosini samarali tashkil etish uchun har bir yo‘nalishga mutasaddi rahbarlar mas’ul etib belgilandi.

    05.11.2019, 19:51   Izoh (0)   23908
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekistonning milliy huquqiy internet portali ishga tushirildi

    05.11.2019, 19:06

    Tanzila Norboyeva Qozog‘iston parlamenti raisi Darig‘a Nazarboyeva bilan muzokaralar o‘tkazdi (foto)

    05.11.2019, 18:35

    Toshkent teleminorasida pasportsiz kirish tartibi joriy qilinishi rejalashtirilmoqda

    05.11.2019, 18:05

    Termizda gaz sizib chiqayotgan xonadonda qamalib qolgan 2 yashar bola qutqarildi

    05.11.2019, 17:49

    Toshkent shahar hokimligi “Abdulla Qodiriy majmuasi”dagi loyiha yuzasidan qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi

    05.11.2019, 17:34

    Xovosda tug‘ilgan 3 egizakka Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘yildi

    05.11.2019, 17:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.