Sirdaryo viloyati Xovos tumani “Qahramon” QFYda istiqomat qiluvchi Ilhomjon Oxunov va Yulduzxon Qushoqovaning farzandlari yana uch nafarga ko‘paydi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
Uch qiz, bir o‘g‘ildan so‘ng, tug‘ilgan uch egizak chaqaloqlarga Shavkat, Miromon, Mirziyo deb ism qo‘yildi.
“Shavkatjonning vazni 2,500, Miromonning vazni 1,500, Mirziyoning vazni 2,000 kilogramm. Chaqaloqlar muddatidan biroz oldin tug‘ilgan bo‘lishsa-da, sog‘lom. Ular viloyat perinatal markazida shifokorlar nazoratida parvarishlanmoqda. Ahamiyatli tomoni, chaqaloqlar markazimizda tug‘ilgan birinchi egizaklarimiz”, – deydi Sirdaryo viloyat perinatal markazi bo‘lim boshlig‘i Klara Babayeva.
Izoh (0)