Sankt-Peterburgdan Urganchga uchayotgan samolyot yo‘lovchilardan birinining o‘zini noqulay his qilgani uchun Samara aeroportiga favqulodda qo‘ndi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

“4-noyabr kuni Kurumoch xalqaro aeroportiga Sankt-Peterburg—Urganch yo‘nalishida uchayotgan Uzb 638 reysi kelib qo‘ndi. Favqulodda qo‘nishning sababi — bortda bo‘lgan yo‘lovchi o‘zini noxush his qilganidir”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, aeroportda reanimatsiya avtomobili va tez yordam tayyorlanib, yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi va shahar shifoxonalaridan biriga shoshilinch yotqizildi.