Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kuz-qish mavsumi kirib kelishi munosabati bilan “Toshkent—O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonida ob-havo haroratining keskin pasayishi kuzatilishi (qisqa muddatli yomg‘ir va qor yog‘ishi) mumkin.

Foto: FVV matbuot xizmati

Foto: FVV matbuot xizmati

Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida dovon hududida harakatlanishdan oldin quyidagi mutaxassis tavsiyalariga e’tibor qaratishni so‘radi:

  • avtomobillarning texnik holatini to‘liq ko‘zdan kechirish;
  • dovon orqali yetarli darajada yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan harakatlanish;
  • avtotexnikalarning qish mavsumida harakatlanish uchun maxsus shinalar bilan almashtirish;
  • “Qamchiq” dovoni orqali harakatlanganda hushyorlikni yanada oshirish va yo‘llarda to‘xtab dam olish;
  • viloyatlararo yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, firmalar, xususiy tadbirkorlar tomonidan haydovchilar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazish.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)