Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 23-turi doirasida 30-oktabr, chorshanba kuni navbatdagi 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.
“Buxoro” o‘z uyida “Qo‘qon-1912” klubini qabul qildi.
Uchrashuvdagi yagona gol 29-daqiqada penaltidan urildi. Unga Qo‘qon klubi sardori Murod Xolmuhammedov mualliflik qildi.
Shu tariqa “Qo‘qon-1912” safarda kechgan bahsda “Buxoro”ni kichik hisobda taslim qildi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng qo‘qonliklar ochkolari sonini 24 taga yetkazib oldi va jamoa musobaqa jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi. “Buxoro” esa 19 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.
Shu kuni Vadim Abramov qo‘l ostidagi Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi mehmonda “Andijon”ga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuvning 90+2-daqiqasida “qaldirg‘ochlar” vakili Nurullo To‘xtasinov hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 2 daqiqa o‘tib mezbon jamoa a’zosi Shahzod Ubaydullayev hisobni tenglashtirdi (1:1).
Natijada o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Ma’lumot uchun, “Bunyodkor” 36 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 4-o‘rinni band qilib turibdi. “Andijon” esa 24 ochko yig‘ib 10-o‘rinda bormoqda.
Superliga
23-tur bahslari
30-oktabr, chorshanba
“Buxoro”—“Qo‘qon-1912” 0:1
Gol: 0:1 — 29, penalti Murod Xolmuhammedov“Andijon”—“Bunyodkor” 1:1
Gollar: 0:1 — 90+2 Nurullo To‘xtasinov, 1:1 — 90+4 Shahzod UbaydullayevYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)