Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 10-turi doirasida 26-oktabr, shanba kuni 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Diyego Simeone qo‘l ostidagi Madridning “Atletiko” klubi “Vanda Metropolitano”da “Atletik”ni qabul qildi.
Bellashuvning 28-daqiqasida “matraschilar” yarim himoyachisi Saul Nyiges hisobni ochgan bo‘lsa, 64-daqiqaga kelib ispaniyalik hujumchi Alvaro Morata hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Ikkala golga ham argentinalik Anxel Korrea assistentlik qildi.
Shu tariqa “Atletiko” o‘z maydonida “Atletik” ustidan 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng Madrid klubi ochkolari sonini 19 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarildi. “Atletik” esa 13 ochko bilan 10-po‘g‘onada bormoqda.
La Liga
10-tur bahslari
26-oktabr, shanba
“Leganes”—“Malyorka” 1:0
Gol: 1:0 — 31 Breytueyt“Valyadolid”—“Eybar” 2:0
Gollar: 1:0 — 10 Gvardiola, 2:0 — 39 Salisu“Atletiko”—“Atletik” 2:0
Gollar: 1:0 — 28 Saul, 2:0 — 64 MorataYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)