Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda Prezident universiteti tashkil etiladi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi rahbariyati va oliy o‘quv yurtlari rektorlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb yozmoqda O‘zA.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida Prezident universitetini tashkil etish ham ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra, Prezident universiteti — xalqaro standartlar va milliy an’analar uyg‘unligida yuqori malakali, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar, professional kadrlarni tayyorlovchi yetakchi ta’lim va ilm-fan markaziga aylanadi. Shuningdek, Prezident universitetida ta’limga kredit-moduli tizimi joriy qilinadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda joriy yilda to‘rtta Prezident maktabi tashkil eildi. Shuningdek, mamlakatning har bir hududida shunday maktablarni tashkil etish rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi