Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2019-yil 20-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Prezident maktablarining asosiy maqsadi ta’lim jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali iqtidorli yoshlarni tarbiyalash va o‘qitish, rag‘batlantirish hamda kelgusida ularni salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, yetakchilik ko‘nikmalari va notiqlik mahoratini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash kabi ko‘nikmalarni shakillantirishdan iborat.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Prezident maktablari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlari va Toshkent shahrida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari shaklida tashkil etiladi. Ta’kidlanishicha, 2019-yilda dastlabki maktablarning qurilishi bir vaqtning o‘zida Toshkent va Nukus shaharlarida, hamda Xorazm viloyatida bo‘ladi. O‘z navbatida, 2020-yilda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida, shuningdek, 2021-yilda Andijon, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida Prezident maktablarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Ushbu maktablarga qabul qilish respublika ta’lim muassasalarining 4-sinf bitiruvchilari orasida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan mantiqiy fikrlash testlari, yozma imtihon va suhbatlar natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 24 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lib, ikkita sinfga bir xil — 12 nafardan o‘quvchi taqsimlanadi. Birinchi o‘quv yilida esa 5—10-sinflardan har bir maktab 144 nafardan o‘quvchi o‘qishga qabul qiladi.

O‘quv jarayoni esa xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha ingliz tilida amalga oshiriladi va STEAM ta’lim (Science - tabiiy fanlar, Technology - texnologiya, Engineering - texnik ijodkorlik, Art - san’at, Mathematics - matematika) dasturi asosida olib boriladi.

Prezident maktabining 9—11-sinflarida ta’lim olish o‘quvchilarning qiziqishlari va xususiyatlarini, ayrim fanni tanlash va ularni o‘rganish darajasini inobatga olgan holda individual o‘quv jarayoni asosida amalga oshiriladi.

Prezident maktablari bitiruvchilariga, belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels)ga ega bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida xorijiy oliy o‘quv yurtlariga kirish imkonini beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?