• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qishlog‘imizda 9 ta maktab bor, ammo birorta bog‘cha yo‘q”. Panjiliklar Prezidentga murojaat e’tiborsiz qolayotganidan nolimoqda

    Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani, Panji qishlog‘ida yashovchi aholi vakillarining “Daryo”ga shikoyat qilishicha, ular istiqomat qiladigan hududda 9 ta maktab bor. Ammo birorta ham bog‘cha yo‘q. Bog‘cha tashkil etish bo‘yicha Prezidentga qilingan murojaatga mas’ullar yetarli darajada e’tibor qaratmayapti.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Aholi shikoyatini o‘rganish maqsadida Kitob tumanining Panji qishlog‘ida bo‘lgan “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshevning yozishicha, 23 ming aholi istiqomat qiluvchi hududda bor-yo‘g‘i 25 nafar bola qamroviga mo‘ljallangan oilaviy bog‘cha bor, xolos. Ota-onalarning aksariyati farzandi bog‘cha tarbiyasini ko‘rmagandan shikoyat qilmoqda.

    — Prezidentimizga murojaat qilib, hududda kasb-hunar kollejidan bo‘shagan binoda bog‘cha tashkil etish taklifini bergandik, — deydi qishloq oqsoqollaridan biri Mahmud Ergashev. — Ammo tuman mas’ullari aholi fikri bilan qiziqmasdan kollejdan bo‘shagan binoda maktab tashkil etish taklifini beribdi.

    Haqiqatdan ham kasb-hunar kollejidan bo‘shagan bino peshtoqiga “91-maktab” deb yozib qo‘yilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Ammo maktabda birorta ham o‘quvchi yo‘q, — deydi aholi vakillari. — Boisi maktabga ehtiyoj yo‘q. Shunday ekan, bino shunchaki huvillab yotganidan ko‘ra, bog‘cha tashkil qilsak, maqsadga muvofiq bo‘lmasmidi?

    Maktab ekanligi aytilgan binoga kirar ekanmiz, birorta ham o‘quvchi yo‘qligiga guvoh bo‘ldik.

    Ma’lum qilinishicha, 2019-yil 23-sentabr kuni 93 nafar aholi imzosi qo‘yilgan murojaatnoma Prezidentga yuboriladi. Unda 91-maktab sifatida tashkil etilgan bino bugungi kunda o‘quvchiga ega emasligi, shu boisdan mazkur bo‘sh binoda bog‘cha tashkil etishda amaliy ko‘mak berishini so‘raydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Prezidentga yo‘llagan murojaatimizga javoban Kitob tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbaridan javob keldi va ushbu bino Xalq ta’limi vazirligi balansiga berilganini aytib, Maktabgacha ta’lim vazirligi balansiga olinsa, bog‘cha tashkil etishlari mumkinligi yozilgan, — deydi aholi vakillari. — Biz bino xalq ta’limi vazirligi balansidaligini bilamiz-ku? Shuning uchun ham davlat rahbariga murojaat qildik. Maktabgacha ta’lim vazirligi balansiga o‘tkazishni, bog‘cha tashkil etishni so‘radik.

    Murojaat mualliflari bog‘cha tashkil etishga mas’ul mutasaddilar aholi murojaatini o‘qib ko‘rmagan degan taxminda.

    — Maktabgacha ta’lim tizimiga mas’ul bo‘lgan amaldorlar murojaatimizni hatto o‘qib ham ko‘rmagan ko‘rinadi, — deydi Mahmud Ergashev. — Boisi murojaatimizda binoni bir vazirlik hisobidan ikkinchi vazirlik hisobiga o‘tkazishda ko‘mak so‘raganmiz.

    Aholi hisob-kitobiga ko‘ra, bugungi kunda qishloqdan tuman markazidagi bog‘chaga farzandlarini olib borib kelish xarajati 12 million so‘mni tashkil etadi.

    — Bir yilda 12 million so‘m xarajat qilar ekanmiz, bir bolani tuman markazidagi bog‘chaga olib borib kelish uchun, — deydi aholi vakillari “Daryo” muxbiri bilan suhbati davomida. — O‘sha pulning yo‘lga sarflagandan ko‘ra, yangi tashkil etiladigan bog‘cha jihozlariga sarflasak maqsadga muvofiq bo‘larmidi? Kollejdan bo‘shagan binoni hudud tadbirkorlaridan biriga berishsa, davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi bolalar bog‘chasi tashkil topardi.

    Aholining shikoyat qilishicha, hududda bolalar bog‘chasiga ehtiyoj juda yuqori.

    Ergash Turopov. Foto: “Daryo”

    Ergash Turopov. Foto: “Daryo”

    — 6 nafar nabiramning 5 nafari bog‘cha yoshida, — deydi Ergash Turopov. – Ammo bog‘cha ta’limini olmay o‘syapti ular.

    Aniqlanishicha, hududda 25 nafar bolaga mo‘ljallangan oilaviy bog‘cha bor.

    — “Qaldirg‘och” deb nomlangan oilaviy bog‘chamiz 25 nafar bolaga mo‘ljallangan, ammo hududda bog‘chaga ehtiyoj yuqoriligidan 50 nafar bolani qamrab oldik, — deydi bog‘cha mudirasi Shoira Narziyeva.  — Menga imkon berishsa, kollejdan bo‘shagan binoda davlat-xususiy sherikchiligi asosida bog‘cha tashkil qilardim. Bunga imkoniyatim yetadi.

    Kitob tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Yashin To‘rayevning ma’lumot berishicha, hozirda 91-maktab sifatida tashkil etilgan bino 540 o‘rinli bo‘lib, Prezidentning 2019-yil 6-sentabrdagi farmoniga muvofiq xalq ta’limi tizimi ixtiyoriga berilgan.

    — Binoda maktab tashkil etilganiga e’tirozimiz yo‘q, bu Prezident farmoni ekan. Ammo bu maktabga ehtiyoj yo‘q-ku, shunchaki huvillab yotgandan ko‘ra, aholi ehtiyojiga yarasin deymiz-da, — deydi Ergash Turopov.  — Hudud rahbarlarining aholi ehtiyojini o‘rganmasdan maktab kerak degan xulosani berishgani maqsadga muvofiq emas.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Aholining aytishicha, mazkur binoda maktab tashkil etilsa-da, bolalarning maktabga kelib-ketishi juda mushkul. Boisi bino yonida katta avtomobil yo‘li o‘tgan. Piyodalar yo‘lagi yo‘q.

    — Farzandlarimizning katta yo‘ldan yurib maktabga kelib-ketishiga ijozat berolmaymiz. Sababi maktab yonidagi yo‘l asosiy avtomobil yo‘li bo‘lib, mashinalar serqatnov, avtomobillar juda tez harakatlanadi, — deydi aholi vakillari. — Maktab bolasi uchun bu juda xavfli yo‘l.

    Fuqaro Toshpo‘lat Haqqulovning aytishicha, joriy yil aynan shu hududda 3 ta YTH sodir etilgan.

    Tuman xalq ta’limi bo‘limi mas’uli Anvar Umarovning ma’lumot berishicha, hududda o‘quvchisi yo‘q 91-maktabni ochish taklifi tuman xalq ta’limi bo‘limi tashabbusi hisoblanadi. Tuman hokimi maktab o‘quvchilari uchun xavfsiz hududdan yo‘l qilib berishini aytgan. Ammo hali qilib berilmagan.

    Tuman xalq ta’limi bo‘limi mutasaddisining fikricha, yangi tashkil etilgan maktab kelajakda ushbu hudud aholisining maktabga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Bu dargoh 300 nafarga yaqin o‘quvchiga ega bo‘lishi kutilmoqda.

    Xo‘sh, hudud aholisining bolalar bog‘chasiga bo‘lgan ehtiyoji qanday qondiriladi? Axir 23 ming aholi farzandlari uchun bog‘cha kerak-ku?

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ushbu savolga javob olish ilinjida tuman hokimning ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bilan suhbatlashishni maqsad qildik. Ammo o‘rinbosar telefon qo‘ng‘iroqlarimizga javob bermadi. Hokimning birinchi o‘rinbosari Asqar Sirojov orqali keyin aloqaga chiqishlarini so‘rab qilgan iltimosimiz ham javobsiz qoldi. OAV vakiliga munosabat shu bo‘lsa, fuqarolarning murojaati javobsiz qolayotganiga ajablanmasa ham bo‘ladigan ko‘rinadi...

    11.10.2019, 15:34   Izoh (0)   32304
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ziroat Mirziyoyeva qizi Shahnoza Mirziyoyeva bilan Xivaga bordi (fotogalereya)

    11.10.2019, 15:18

    Damas haydovchisiga qo‘l ko‘tarib, ayollarni bo‘ralatib so‘kkan mahalla raisi “ishi”ni prokuratura o‘rganadi

    11.10.2019, 14:34

    Farg‘onadagi bomba topilgan bog‘ o‘rnida yarim asr avval aviapoligon bo‘lgani ma’lum qilindi (video)

    11.10.2019, 14:08

    O‘zbekistonda pedagoglar maoshi oshiriladi

    11.10.2019, 13:48

    Senat yalpi majlisi O‘zbekistonda ikkita shahar va beshta tuman chegaralarini o‘zgartirishni ko‘rib chiqadi

    11.10.2019, 13:33

    O‘z joniga qasd qilgan Nodira Qodirova ishlagan uy egasi — turkiyalik deputat tilga kirdi: “Yelkam hali ham og‘riyapti” (video)

    11.10.2019, 13:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda “yashil” elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha oylik rekord yangilandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 12:56

    Rossiya armiyasi Xarkovdagi vokzalga hujum qildi (video)

    Dunyo | 5 avgust, 12:39

    Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbari maslahat uchrashuviga tayyorgarlikka doir maxsus tadbirda qatnashdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 12:31

    “Aeroportda yolg‘iz”: Ispaniyada ota-ona 10 yoshli o‘g‘lini aeroportda qoldirib ketdi

    Dunyo | 5 avgust, 12:27

    Gollivud yulduzi Mark Ruffalo yana Xalk roliga qaytadi

    Kino | 5 avgust, 12:22

    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

    Reklama | 5 avgust, 10:30

    Habib Nurmagomedov so‘nggi 100 yillikning eng buyuk sportchisi kim ekanini aytdi

    Sport | 5 avgust, 12:16

    Samarqandda 12 mln dollarga yangi avtovokzal ishga tushirildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 12:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.