• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Telefonlarimizdagi litiy-ion batareykalarini ixtiro qilgan olimlar Nobel oldi

    Bu yilgi kimyo bo‘yicha Nobel egalari “litiy-ion batareykalarini ixtiro qilganliklari uchun” ushbu eng nufuzli ilmiy mukofotga munosib ko‘rildi. Laureatlarning ikkitasi – Jon Gudenou hamda Stenli Uittingem amerikalik bo‘lsa, uchinchi laureat – Akira Yoshino – yaponiyalik kimyogardir. Ta’bir joiz bo‘lsa, ular insoniyatga qayta zaryadlasa bo‘ladigan, yengil, ixcham va xavfsiz tok manbaini – litiy-ion batareykalarini taqdim etgani uchun Nobelga sazovor bo‘ldi.

    Haqiqatan ham, istalgan zamonaviy portativ elektronika qurilmasini tok bilan ta’minolovchi batareykasini qarasangiz, u albatta litiy-ion batareyka bo‘lib chiqadi. Bunday batareyka mobil telefonlar, noutbuk va hokazo maishiy elektronikadan tortib hatto eng istiqbolli va ekologik toza transport vositasi deya qaralayotgan elektromobillargacha bo‘lgan sohalarda qo‘llanilmoqda. Shuningdek, davrimizning eng dolzarb muammolaridan bo‘lmish yangilanadigan energiya manbalari – Quyosh va shamol energetikasi orqali hosil qilingan energiyani to‘plash va qayta ishlashda ham bunday batareykalarning ahamiyati beqiyos. Litiy-ion batareykalari insoniyatni qazilma yoqilg‘i asosiga qurilgan va serchiqim, serxarajat energetikadan xalos qilib, isrofgarchiliklardan xoli, “toza” energetika zamonasiga o‘tishida muhim ko‘prik bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

    Foto: Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi

    Litiy-ion batareykalariga ehtiyoj 1970-yillardagi neft inqirozi paytida yuzaga kelgan edi. O‘shanda Stenli Uittingem qazilma yoqilg‘isiz ham ishlay oladigan tok manbalarini ixtiro qilish masalasi ustida ish boshlagan. Bu maqsad yo‘lida u o‘ta o‘tkazgich materiallarni tadqiq qilish asnosida energiya sig‘imi juda katta bo‘lgan materialga duch kelgan va undan litiyli batareyka uchun katod tayyorlashda foydalangan. Ushbu material titan disulfidi bo‘lib, molekulyar miqyosda litiy ionlari bilan ta’sirlashadi va kimyoviy tok ishlab chiqarishga xizmat qiladi.

    Uittingem batareykasidagi anodda qisman metall litiy qo‘llanilgan. Ushbu material o‘zidan kuchli ravishda elektron chiqarish xossasiga ega bo‘lib, Uittingemning o‘sha namunadagi litiyli batareykalari ikki voltga yaqin tok ishlab chiqara olgan. Biroq ushbu batareykaning muhim bir kamchiligi shunda ediki undagi litiy metali reaktiv bo‘lib, oqibatda batareyka portlash xavfi yuzaga kelgan. Albatta, bunday batareykalardan foydalanish xatarli bo‘lgan. Shunga qaramay, litiy-ion batareykalarining poydevori Uittingemning o‘sha ishlanmalari orqali qo‘yilgan edi.

    Yana bir amerikalik kimyogar Jon Gudenou litiyli batareykalarni yanada takomillashtirish borasida izlanish boshlagan. U batareykada metallning sulfidi o‘rniga oksidi qo‘llanilsa, elektrod potensiali ortishini nazariy asoslab bergan. Sistematik ravishda olib borilgan izlanishlar natijasida 1980-yilda u kobalt oksidiga asoslangan yangi avlod litiy-ion batareykalarini ishlab chiqqan. Uning batareykasi 4 volt atrofida kuchlanish bergan. Ushbu ilmiy ish quvvati kuchliroq bo‘lgan, lekin o‘zi ixcham va yengil batareykalarni ishlab chiqish borasida muhim ilg‘or qadam o‘laroq xizmat qildi.

    Gudenou ishlab chiqqan yangi turdagi katod yordamida 1985-yilda Yaponiyada kimyogar Akira Yoshino ilk mukammal litiy-ion batareykani ishlab chiqdi. U anoddagi reaktiv litiy metali o‘rniga neft koksidan foydalanish orqali portlash xatarini istisno qiluvchi innovatsion yechim taklif etgan edi. Bugungi kunda biz yaxshi bilgan va barcha portativ qurilmalarimizni elektr toki bilan ta’minlayotgan litiy-ion batareykalari avlodi aynan Yoshino ixtirolari orqali yaratilgan. Uning ishlanmalari tufayli litiy-ion batareykalari ixcham, xavfsiz, yengil va elektr sig‘imi juda katta bo‘ladigan darajagacha mukammallashdi. Shuningdek, litiy-ion batareykani qayta-qayta zaryadlab ishlatsa bo‘ladigan qilib ishlab chiqarilishi va ayniqsa bunday batareykani keng iste’mol uchun mos darajada arzon tijorat narxiga ega bo‘lishida Yoshinoning xizmatlari katta.

    Yoshino batareykasi sxemasi.

    Yoshino batareykasi sxemasi.
    Foto: Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi

    Litiy-ion batareykalarining afzalligi shundaki, ularda ishlab chiqariladigan kimyoviy tok elektrodning parchalanishi bilan tugaydigan kimyoviy reaksiyaga emas, balki anod va katod orasida oqadigan litiy ionlari harakatiga asoslangandir.

    Ilk litiy-ion batareykalari bilan jihozlangan portativ qurilmalar 1991-yilda paydo bo‘lgan. Bunday batareykalarning yaratilishi portativ elektronika uskunalarining favqulodda shiddat bilan rivojlanishida muhim o‘rin tutgan. Bugungi kundagi simsiz aloqa zamonasida hamda kirib kelayotgan istiqboldagi qazilma yoqilg‘i sarfidan holi bo‘lgan elektromobillar erasi uchun litiy-ion batareykalarining ahamiyatini ham mutaxassislar yaxshi anglab turibdi. Yangilanadigan energiya manbalaridan foydalanish borasida ham, shubhasizki, litiy-ion batareykalarisiz uzoqqa borib bo‘lmaydi. Chunki Quyosh va shamol energetikasi orqali olingan energiyani qayerdadir saqlash va qayta ishlash borasida bunday batareykalarga raqobat qila oladigan muqobil variant hozircha yo‘q.

    Laureatlar haqida qisqacha:

    Jon Gudenou 1922-yilda Germaniyaning Yena shahrida tug‘ilgan. 1952-yilda Chikago universitetini tamomlagan. Hozirda Ostindagi Texas universiteti muhandislik ishi kafedrasi rahbari;

    Stenli Uittingem 1941-yilda Buyuk Britaniyada tug‘ilgan. 1968-yilda Oksfordni tamomlagan. Nyu-York davlat universitetida professor;

    Akira Yoshino 1948-yilda Yaponiyaning Suita shahrida tug‘ilgan. 2005-yilda Osaka universitetini tamomlagan. Hozirda Nagoya universiteti professori.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    Avvalgi Nobel egalari:

    Uilyam Kelin, Piter Retkliff va Gregg Semensaga tibbiyot bo‘yicha Nobel nega berildi?

    Bu yil fizika sohasida Nobel mukofoti nimaga berildi?

    10.10.2019, 12:01   Izoh (0)   21300
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xorazmda “mehnat staji qilib beruvchi” mutaxassis ushlandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 09:25

    “Manchester Siti” futbolchisi “Everton”ga ijaraga beriladi

    Sport | 11 avgust, 09:18

    Tramp uysizlardan Vashingtonni tark etishni talab qildi

    Dunyo | 11 avgust, 09:13

    Isroil Al-Jazeera telekanalining besh nafar jurnalistini o‘ldirdi (video)

    Dunyo | 11 avgust, 08:37

    Jomboy tumanidagi zapravka yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 11 avgust, 08:27

    Toshkentdagi “Uch qahramon” bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 11 avgust, 08:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.