Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer ligasining 12-turida 6-oktabr, yakshanba kuni Valeriy Karpin qo‘l ostidagi “Rostov” jamoasi Moskvada SSKAga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuv davomida mehmon jamoa vakillari Xoren Bayramyan (11, 44) va Eldor Shomurodov (61) tomonidan urilgan gollarga moskvaliklar Nikola Vlashich (90)ning penaltidan urgan goli bilan javob qaytardi.
Shu tariqa “Rostov” mehmonda kechgan bahsda SSKA ustidan 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi..
Ushbu g‘alabadan so‘ng Karpin jamoasi ochkolari sonini 26 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida yetkachilik qilmoqda. SSKA esa 25 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi.
Qayd etish joiz, mazkur o‘yinda bitta golga mualliflik qilgan Shomurodov hisobidagi gollari soni 10 taga yetdi va u to‘purarlar bahsida “Krilya Sovetov” hujumchisi Aleksandr Sobolev bilan yetkachilikni bo‘lishib turibdi. Bundan tashqari Eldor joriy mavsum 2 ta golli uzatma berishga ham erishdi.
RPL
12-tur bahsi
6-oktabr, yakshanba
SSKA—“Rostov” 1:3
Gollar: 0:1 — 11 Bayramyan, 0:2 — 44 Bayramyan, 0:3 — 61 Shomurodov, 1:3 — 90, penalti Vlashich.SSKA: Akinfeyev, Sharliya, Gogua (Lukas Santos, 46), Diveyev, Fernandes, Vlashich, Ahmedov (Bistrovich, 89), Kuchayev, Oblyakov, Sigurdsson (Biyol, 67), Chalov
“Rostov”: Baburin, Xajikadunich, Chernov, Chistyakov, Kozlov, Popov, Bayramyan (Logashov, 77), Glebov (Zaynutdinov, 58), Normann, Ionov (Saplinov, 85), Shomurodov
Ogohlantirishlar: Glebov (12), Fernandes (30), Saplinov (86)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)