Buxoro viloyatining Qorako‘l tumani “Feruza Gulliyeva” fermer xo‘jaligi paxta dalasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Buxoro viloyati Soliq boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda fuqarolarning o‘zini qiynagan muammolar bo‘yicha murojaati tinglanib, ayrimlariga yechim topilgan. Xususan, tadbirkorlik faoliyatini qayta tiklash uchun ko‘mak so‘ragan O‘ktam Turdiyevga tijorat bankidan imtiyozli kredit mablag‘i olib berishga qaror qilingan.
Shuningdek, qabul doirasida Samad Gulliyevning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha, Nabi Safarovning tabiiy gaz masalasidagi murojaati hal qilingan.
“Hasharchilardan Umar Cho‘lliyev qishloq aholisini qiynab kelayotgan ichki yo‘llarni tartibga keltirish masalasiga to‘xtaldi va rahbarlar yo‘llarni tez fursatlarda epaqaga keltirish choralarini ko‘rishga va’da berdi”, — deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, shu kuni arzon narxlarda oziq-ovqat va boshqa turdagi mahsulotlar yarmarkasi tashkil qilingan.
Izoh (0)