2020-yil 8—26-yanvar kunlari Tailand poytaxti Bangkokda 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida navbatdagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
26-sentabr, payshanba kuni musobaqaning guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra jamoalar 4 tadan 4 ta guruhga bo‘lindi. Lyubinko Drulovich boshchiligadi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi musobaqani “C” guruhida boshlaydigan bo‘ldi. O‘zbekistonlik futbolchilar guruhda Janubiy Koreya, Xitoy hamda Eron termalariga qarshi bahs olib boradi.
Qayd etish joiz, 2020-yilgi Olimpiada o‘yinlari Yaponiyada bo‘lib o‘tadi. Agarda Yaponiya termasi yarim finalga qadar yetib borsa, u holda musobaqada 4-o‘rinni qo‘lga jamoa ham Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
- “A” guruhi: Tailand, Iroq, Avstraliya, Bahrayn.
- “B” guruhi: Qatar, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Suriya.
- “C” guruhi: O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Xitoy, Eron.
- “D” guruhi: Vyetnam, KXDR, Iordaniya, BAA.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)