26-sentabr, payshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Vadim Abramov qo‘l ostidagi Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi mehmonda Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi Olmaliqning OKMK klubi bilan bahsga kirishdi.
Bellashuv davomida Olmaliq klubi vakillari Shahzod Nurmatov (8), Elguja Grigalashvili (50) hamda Sardor Rahmonov (85) o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, “qaldirg‘ochlar”dan Nurillo To‘xtasinov ham bitta golga mualliflik qildi.
Shu tariqa OKMK o‘z uyida kechgan bahsda “Bunyodkor”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, musobaqaning finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shu kuni Shota Arveladze boshliq Toshkentning “Paxtakor” klubi o‘z maydonida Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi Qarshining “Nasaf” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuvning 21-daqiqasida Qarshi klubi hujumchisi Bobur Abduxoliqov hisobni ochgan bo‘lsa, 33-daqiqaga kelib “sherlar” yarim himoyachisi Dragan Cheran hisobni tenglashtirdi (1:1). Oradan 5 daqiqa o‘tib Jaloliddin Masharipov toshkentliklarni hisobda oldinga olib chiqdi (2:1).
Bahs yakuniga ko‘ra, “Paxtakor” “Nasaf”dan 2:1 hisobida ustun keldi va musobaqaning finaliga chiqdi.
O‘zbekiston Kubogi
Yarim final bahslari
OKMK—“Bunyodkor” 3:1
Gollar: 1:0 — 8 Shahzod Nurmatov, 2:0 — 50 Elguja Grigalashvili, 2:1 — 58 Nurillo To‘xtasinov, 3:1 — 85 Sardor Rahmonov“Paxtakor”—“Nasaf” 2:1
Gollar: 0:1 — 21 Bobur Abduxoliqov, 1:1 — 33 Dragan Cheran, 2:1 — 38 Jaloliddin MasharipovYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)