Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 20-turi doirasida 21-sentabr, shanba kuni 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Shota Arveladze qo‘l ostidagi Toshkentning “Paxtakor” jamoasi safarda Bekobodning “Metallurg” klubiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning 26-daqiqasida mezbon jamoa himoyachisi Abbos Otaxonov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan bo‘lsa, 77-daqiqaga kelib Zohid Abdullayev hisobni tenglashtirdi (1:1). Oradan 1 daqiqa o‘tib “sherlar” yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1).
Shu tariqa Toshkent klubi mehmonda kechgan bahsda “Metallurg”ni mag‘lubiyatga uchratib, muddatidan avval musobaqa chempioniga aylandi.
Qayd etish joiz, mazkur g‘alabadan so‘ng musobaqa jadvalida yetkachilik qilayotgan “Paxtakor” ochkolari sonini 56 taga yetkazib oldi. “Metallurg” esa 24 ochko to‘plagan holda 8-o‘rinda bormoqda.
Shu kuni Namanganning “Navbahor” jamoasi Jizzaxning “So‘g‘diyona”si bilan o‘ynadi.
Ushbu bahs 0:0 hisobida yakunlandi va jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.
Ma’lumot uchun, Namangan klubi 26 ochko jamg‘argan holda 7-pog‘onani band qilib turibdi. “So‘g‘diyona” esa 32 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
Superliga
20-tur bahslari
21-sentabr, shanba
“Metallurg”—“Paxtakor” 1:2
Gollar: 0:1 — 26, avtogol Abbos Otaxonov, 1:1 — 77 Zohid Abdullayev, 1:2 — 78 Dostonbek Hamdamov“So‘g‘diyona”—“Navbahor” 0:0
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)