• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentning qoq markazi — Darxon mahallasida noqonuniy daraxt kesganlar kimlar va ularga qanday chora ko‘riladi?

    Tarmoqlarda Toshkentdagi “Asaka” mahalla fuqarorlar yig‘ini hududida 19-sentabr kuni daraxtlar noqonuniy kesilayotgani haqida xabarlar tarqaldi va bu jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi, ijtimoiy tarmoqlarda daraxtlarning kesilishini qoralovchi ko‘plab tanqidiy postlar qoldirildi. Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri surishtiruv olib bordi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Daraxtlarni butalash va kesishga ruxsat berilgan

    Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan 1-avgust kuni davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesish uchun 38-sonli xulosa berilgan.

    Xulosada “Asaka” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida diametri 70 santimetrli terak, 180 santimetrli eman, 135, 65, 39 santimetrli chinor sog‘lom va diametri 40, 43 santimetr bo‘lgan akatsiya qisman zararlangan deb topilgan. Ushbu daraxtlarning kesilishi rad etilib, qurigan shoxlarini butalash tavsiya etilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shuningdek, diametri 20,7 santimetrli zarang, 12 santimetrli safora, 18 santimetrli o‘rik, 25 santimetrli aylantus, 45 santimetrli akatsiya, 40 santimetrli eman daraxtlari tabiiy omillar ta’sirida zararlangan, kasallangan va qurigan deb topilgan.

    Ushbu daraxtlar “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 37-moddasi 3-qismiga asosan, (tabiiy omillar yoki o‘simliklar zararkunandalari, kasalliklar ta’sirida zararlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan, shuningdek, insonning hayoti va sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligiga tahdid solayotgan daraxtlar va butalarni kesish mahalliy davlat hokimiyati organlarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan qaroriga ko‘ra haq to‘lamasdan amalga oshiriladi) kesishga xulosa berilgan.

    “Asaka” mahallasi hududidagi qolgan daraxtlarni agrotexnik me’yorlarga rioya qilingan holda butalash tavsiya etilgan. Daraxt va butalarning kesish va butalashda tabiatni muhofaza qilish qoidalariga qat’iy rioya qilinishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.

    Hokimlikdan ham ruxsat

    Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xulosasiga asoslanib, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining ijroiya mahkamasi tomonidan 23-avgust kuni davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesish uchun 38-sonli ruxsatnoma berilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Unda “Asaka” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qo‘riqxonalar va boshqa tabiiy muhofaza hududlaridan hamda tabiat yodgorliklaridan tashqari hududlarda qonun bo‘yicha, binolar, inshootlar va kommunikatsiyalar qurilishi hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq sanitariya tartibida diametri 20,7 santimetr bo‘lgan zarang, 12 santimetr bo‘lgan safora, 18 santimetr bo‘lgan o‘rik, 25 santimetr bo‘lgan aylantus, 45 santimetr bo‘lgan akatsiya, 40 santimetr bo‘lgan eman daraxtlarini kesishga ruxsat berilgan.

    Ruxsatnoma muddati 2019-yilning 23-avgustidan 2-sentabrigacha amal qilishi ko‘rsatilgan.

    Bu yerda nima noqonuniy?

    “Asaka” mahallasidagi uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari Salohiddin To‘xtashevning aytishicha, uning qo‘lida daraxtlarni butalash uchun hokimlikdan berilgan ruxsatnoma bo‘lgan. 18-sentabr kuni bir necha fuqaro o‘zini tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimi deb tanishtirib, daraxtlarni kesish uchun kelganini aytgan. Lekin ulardan hech qanday hujjat so‘ralmagan. Tuman hokimligi tomonidan berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddati 2-sentabrda o‘tib ketganiga e’tibor berilmagan.

    Daraxt kesuvchilardan biri “Daryo” muxbiri bilan suhbat vaqtida dastlab Qibray tumani obodonlashtirish bo‘limida ishlashini aytdi. Keyin esa obodonlashtirish bo‘limida doimiy emas, balki yordam uchun, chaqirishsa borib turishini bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Daraxt kesuvchilardan yana birining so‘zlariga ko‘ra, “Asaka” mahallasida yashovchi bir ayol qurigan daraxt shoxlarini kesib berishni so‘ragan. “Biz o‘zimizdan o‘zimiz kelmaymiz-ku — telefon qilib chaqirishdi, keldik. O‘sha ko‘p qavatli uyda yashovchilardan biri daraxtni qurigan shoxlarini kesib berishimizni iltimos qildi. Haqiqatan ham o‘sha daraxtlar qurib bo‘lgan. Shamol bo‘lsa sinib tushishi aniq” — dedi u.

    Hukumatning 2019-yil 17-yanvardagi 43-sonli qarorining 4-bob, 38-bandiga asosan kesish ishlarini obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. “Nima uchun daraxtlarni butalash uchun tuman obodonlashtirish boshqarmasiga o‘z vaqtida murojaat qilmadinglar?”, — degan savolga uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari ham, mahalla raisi ham bir necha bor qilgan arzlari zoye ketganini bildirdi. Mirzo Ulug‘bek tumani obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Umidjon Halilov esa hech qanday murojaat bo‘lmaganini bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Ushbu mahalladan may oyida bir marta xat kelib tushgan. Ushbu xatga daraxtlarni kesish uchun Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining xulosasi kerakligi haqida javob yuborilgan. Tuman hokimining ijroiya mahkamasi tomonidan 23-avgust kuni berilgan 38-sonli ruxsatnoma boshqarmaga yetib kelmagan”, — dedi Umidjon Halilov.

    Mahalla ahli nima deydi?

    “Asaka” mahallasida istiqomat qiluvchi ayollardan birining aytishicha, bu muammolar bir necha yillardan buyon davom etib kelmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Mashinalar ustiga necha marta daraxt shoxlari sinib tushdi. Bolalarimiz, nevaralarimizning ustiga qulab tushsa nima bo‘ladi, nega vaqtida kelib buni hal etishmaydi? Daraxt kesganlardan norozi emasman. Daraxtlarni butab, chiroyli qilib qo‘yib, yana u aybdor bo‘ladimi? Keltirilgan zararni u qanday qilib to‘laydi axir, o‘tin sotib kun ko‘radigan odam ekan”, — dedi u.

    Mahalla mutaxassisi ham uning gaplarini ma’qullab: “Biz insonning xavfsizligini o‘ylab, daraxtlarning shoxini kesishni so‘rayapmiz”, deya qo‘shimcha qildi.

    Noqonuniy daraxt kesganlar kimlar va ularga qanday chora ko‘riladi?

    Ushbu hodisa yuzasidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi matbuot xizmati “Daryo”ga taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, Qibray tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar — A.K va M.K. diametri 112,7 santimetr bo‘lgan bir dona chinor daraxtining noqonuniy kesilishi natijasida o‘sishdan to‘xtaydigan darajagacha, ikki dona chinor daraxti noto‘g‘ri butalanishi oqibatida shikastlangani aniqlangan. Natijada o‘simlik dunyosiga jami 86,6 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Yetkazilgan zarar ko‘p miqdorda bo‘lganligi sababli to‘plangan hujjatlar Jinoyat kodeksining 198-moddasi (ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atish hamda aybdor shaxslarga tegishli choralar ko‘rish uchun Toshkent shahar prokuraturasiga yuborish uchun tayyorlanmoqda. Ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilganlar kamida eng kam ish haqining 50 baravari (11 150 000 so‘m)gacha miqdorda jarimaga tortiladi, ko‘pi bilan uch yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

    20.09.2019, 09:20   Izoh (0)   30066
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 1-yanvardan milliy muvofiqlik belgisi bo‘lmagan tovarlarni sotishga taqiq qo‘yish rejalashtirilmoqda

    20.09.2019, 09:14

    “O‘zstandart” elektrotexnika importini cheklashni taklif qilmoqda

    20.09.2019, 08:31

    Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi 10 mingga yaqin it yo‘q qilinganligi yuzasidan raddiya berdi. Raqam bir necha yillik statistika ekanligi aytilmoq...

    19.09.2019, 23:29

    O‘zbekistonda 2020-yildan quduqlar quyosh panellaridan foydalanishga o‘tkaziladi

    19.09.2019, 23:14

    O‘zbekistonda 2025-yilgacha 1 mln gektar ekin maydonida suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladi

    19.09.2019, 22:45

    Prezident suv xo‘jaligi tizimiga innovatsiyalar kiritish uchun “Loyihalash guruhi”ni tashkil etish haqida ko‘rsatma berdi

    19.09.2019, 22:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.