Kecha, 14-sentabr kuni Oliy Majlis senatining “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorni e’lon qilindi. Unga muvofiq, to‘ylarni va boshqa tadbirlarni jiddiy tarzda qisqartirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, soat 23:00 dan keyin oilaviy tadbirlarni davom ettirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, oilaviy tadbirlarda 200 nafargacha, mazkur tadbirlar munosabati bilan osh berish marosimida 250 nafargacha kishi qatnashadi. Qo‘shaloq to‘y-hashamlarda 250 nafargacha, u bilan bog‘liq osh berish marosimida 300 nafargacha kishi qatnashishi mumkin.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bu qaror ijtimoiy tarmoqlarda qo‘llab-quvvatlash, tanqidiy va hazil-mutoyibaga boy fidbeklar oldi. Kimdir oilaviy tadbirlarga aralashayotgan amaldorlar ustidan kulgan bo‘lsa, yana kimdir bunda shaxsiy huquqlarning buzilishini ko‘rdi.

Doimgiday, blogerlarning uzunroq mulohazalaridan boshlaymiz.

To‘ylarni militsiya nazoratida o‘tkazishni taklif qilgan senatorga:

To‘yxona atrofini baland panjaralar bilan o‘rab, oldida shlakbaum o‘rnatish darkor. To‘yxonaning old eshiklarini yopib, orqa tomondan kiradigan qilib qo‘yish maqsadga muvofiq. Keyin orqa kirish eshiklarini turniketlar bilan jihozlash kerak. Mehmonlardan taklifnoma va pasport kopiyalari talab qilinishi kerak. Taklifnomalarni faqat to‘yxona kassasidan olishni yo‘lga qo‘yish kerak. Qo‘lga chiqib ketgan taklifnomalarni qattiq nazorat ostiga olish kerak.

Kortej o‘rniga kelin-kuyovni yo‘l-patrul xizmati avtomobillarida olib yurilsa, ortiqcha xarajat va ko‘ngilsizliklar oldi olingan bo‘lardi.

Yuqoridagi qoidalarga amal qilmaganlarni PPSga bosib olib ketiladi.

Rais buva

Ko‘p go‘sht yeyapmiz.

Ko‘p elektr ishlatyapmiz.

To‘ylarni katta qilib yuboryapmiz.

Davlat fuqarolarining farovonligini oshira olmaganida, ijtimoiy tenglikni ta’minlay olmaganida farovonlikning teskarisi normaligini singdira boshlaydi. Kamroq yeyishga, kamroq sarflashga chaqira boshlaydi. Bu isrofgarchilikka qarshi va sog‘lom hayot yo‘lidagi kurash deb o‘ylamang. Shunchaki, iqtisodiy siyosatdagi muvaffaqiyatsizlikni niqoblashga urinish.

“Asanov formati”

Facebook ijtimoiy tarmog‘ining yuzerlari ham birin-ketin ajoyib qochirimlarni o‘rtaga tashlay boshladi. Masalan, taniqli bloger Nurbek Alimov kortejdan ham pul tejab qolish yo‘lidagi layfxakni ulashdi:

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Yana bir mashhur bloger – Nozim Safari esa masalaning mohiyatiga boshqa tarafdan ko‘z tashladi.

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Karikaturalari bilan mashhur bloger Rais buvadan ijod namunasi:

Skrin: “Daryo”

Muhokamalardan Twitter’chilar ham chetda qolmadi. “Davletov.uz” kanalining Twitter-sahifasi nimalargadur ishora qilmoqda: