7-sentabr, shanba kuni Axal viloyatining yangi ma’muriy markazi qad rostlashi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi, deb xabar beradi “Xronika Turkmenistana”.
Ushbu ma’muriy markaz 2021-yilning sentabr oyiga qadar qurib bitkazilishi kerakligi belgilangan.
Tadbirda viloyat hokimi Serdar Berdimuhamedov so‘zga chiqqan hamda “viloyat aholisi nomidan davlat rahbariga hududning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur shart-sharoit yaratib berayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi”.
Tantanali marosimda konsert dasturi namoyish etilgan hamda bayram dasturxoni yozilgan.