Qozog‘iston un ishlab chiqaruvchilari o‘z biznesini O‘zbekistonga ko‘chirmoqda. Bu haqda Forbes Kazakhstan ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar berdi.
Gap shundaki, bugungi kunda bug‘doy narxlari tegirmonchilar, don sotuvchilar tomonidan emas, balki Qozog‘istonning asosiy savdo bozorlari — Afg‘oniston, O‘zbekiston va Tojikistondagi xaridorlarga bog‘liq.2007−2010-yillarda Qozog‘iston un eksporti bo‘yicha dunyo miqyosida yetakchi bo‘lgan, shundan keyin turli sabablarga ko‘ra yetakchilikni Turkiyaga topshirgan.Yevgeniy Gan, Qozog‘iston donni qayta ishlovchilar va novvoylar ittifoqi prezidenti
Xabarda qayd etilishicha, endi hamma narsa O‘zbekiston hozirgi mavsumda qo‘shni mamlakatni ikkinchi pog‘onadan surishiga olib kelmoqda.
Yana bir sabablardan biri sifatida Afg‘oniston bozorida un uchun Qozog‘iston bilan raqobatlashayotgan Pokiston bu yil don va qayta ishlangan mahsulotlarni eksport qilishni taqiqlagani: bu yerda hosil o‘tgan yilga nisbatan 33 foizga past bo‘lib, bu oziq-ovqat inqirozi xavfini keltirib chiqarishi keltirilmoqda.
G‘alla narxlarining yuqoriligi bilan bir qatorda, O‘zbekistonning o‘z un ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlaydigan protektsionistik choralari Afg‘onistondagi ishlarga xalaqit bermoqda. Qolaversa, bu yil mamlakatda g‘alladan yaxshi hosil olindi. Shuningdek, o‘zbeklar katta miqdordagi qozoq bug‘doyini sotib olib, uni uyda qayta ishlashadi. Bundan tashqari, ularning unlari bir qator omillar tufayli Qozog‘istondan arzonroq.“Mutlu” yirik Qarag‘anda tegirmon kombinati direktori Dos-Mukasan Taukebayev o‘zbek un zavodlari raqobatbardoshligining 6 sababini keltirdi:Forbes Kazakhstan ma’lumotida
- Donni QQSsiz olib kirish mumkin, import qilingan unga esa 20 foiz soliq solinadi;
- O‘zbekiston orqali Afg‘onistonga bir tonna tranziti Qozog‘iston un ishlab chiqaruvchilari uchun 47 dollarga, O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning shu yo‘nalishdagi transport xarajatlari esa atigi 22 dollarga tushadi;
- O‘zbekistonning yangi prezidenti 5 yil davomida o‘zbek un ishlab chiqaruvchilarini ko‘plab soliqlardan ozod qildi;
- Agar bizda o‘rtacha kredit stavkasi 14 foiz bo‘lsa va u yetti yil muddatga berilsa, unda O‘zbekistonda — 4 foizdan 15 yilgacha;
- Bizda elektr energiyasining narxi kilovatt uchun 20 tenge, O‘zbekistonda esa 10 tengedan oshmaydi;
- U yerda ishchi kuchi ham ikki baravar arzon: bizning kompaniyamizda o‘rtacha ish haqi oyiga 140 ming tenge, O‘zbekistonda — 80 ming.