Qo‘qonda Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Qo‘qon tarixi va madaniyati haqida fikr bildirib, “Qo‘qon ushshog‘i” qo‘shig‘i matnining muallifi kimligini so‘ragan.
“Ushbu savolga javob berib, g‘azaldan to‘rt misra aytgan odamga dastlab 5 million so‘m mukofot berilishi aytildi. Savolga javob topilavermagach, mukofot miqdori dastlab 20 million, so‘ngra 100 million so‘mga oshirildi”, — deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
Nihoyat, Qo‘qon adabiyot muzeyi rahbari Abdulatif Turdialiyev g‘azal muallifi Yusuf Saryomiy ekanligini topib, qo‘shiq matnidan to‘rt misra aytib bergan.
Xabar berishlaricha, shundan so‘ng viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev Abdulatif Turdialiyevni mukofot tariqasida Nexia avtomobili bilan taqdirlagan.