Dubayda Zaha Hadid Architects loyihasi bo‘yicha qurilgan Opus mehmonxonasi ochilishga va mehmonlarni qabul qilishga tayyor, deb yozadi TJournal.
Ushbu mehmonxona 2007-yildan beri qurilmoqda. Aslida tantanali ochilish marosimi o‘tgan yili o‘tkazilishi kerak edi. Biroq qurilishni kechiktirgan quruvchilar tufayli ochilish marosimi qoldirilgan edi.
Mehmonxona Burj-Xalifa yaqinida joylashgan. Loyiha oynavand kub shaklida bo‘lib, qaysidir jihatlari bilan Makaodagi mehmonxonani eslatadi.
Bino ikkita 100 metrlik ichma-ich minoradan tashkil topgan. Ularning o‘rtasida autrium va asimmetrik ko‘prik bo‘lib, uning uzunligi 38 metrni, yerdan balandligi 71 metrni tashkil etadi.
Izoh (0)