Donald Tramp Kobulda 12 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan terakt tufayli Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani hamda “Tolibon” yetakchilari bilan rejalashirilgan uchrashuvni bekor qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar berdi.
Kobuldagi hujum oqibatida bizning buyuk askarlarimizdan biri va yana 11 kishi halok bo‘ldi. Men zudlik bilan uchrashuvni, ya’ni tinchlik muzokaralarini bekor qildim. Agar ular (“Tolibon”) ushbu o‘ta muhim muzokaralar davomida o‘t ochishni to‘xtatishga kelisha olmasa, unda, ehtimol ular har qanday holatda ham mazmunli kelishuvga erisha olmaydi.Eslatib o‘tamiz, 5-sentabr kuni ertalab Kobuldagi milliy xavfsizlik boshqarmasi oldida avtomobilga o‘rnatilgan bomba harakatga keltirilgan. Natijada, 12 kishi, shu jumladan, NATOning ikki harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan. Tolibon ushbu hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olgan. Harbiylardan biri AQSh harbiy kuchlari vakili bo‘lgan.Donald Tramp, AQSh prezidenti
Izoh (0)