Bagam orollariga yopirilgan “Dorian” to‘foni oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi.
Oldinroq halok bo‘lganlar soni 5 kishini tashkil etgani bildirilgandi.
Qurbonlarning rasmiy soni vayronalardagi qidiruv-qutqaruv ishlari davomida ortib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp mazkur to‘fonning noto‘g‘ri xaritasi bilan amerikaliklarni qo‘rqitib yuborgandi. U noto‘g‘ri xaritaga tayanib, to‘fon Alabamani ham qamrab olishini aytgan.
Izoh (0)