• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Soliq kodeksi ishlab chiqildi

    Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, xalqaro va milliy ekspertlar bilan birgalikda yangi tahrirdagi Soliq kodeksini ishlab chiqdi.

    Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

    Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

    Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi hujjat bo‘ladi. Bu maqsadni ko‘zlagan holda, unga soliq solish masalalarini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlar qoidalari, shu jumladan, soliq stavkalari kiritildi. Loyiha soliqlarni undirish prinsiplari, yondashuvlari bo‘yicha boshqa mamlakatlarning amaliyotda sinalgan tajribasining qo‘llanilishiga asoslangan.

    Soliq kodeksining amaldagi tuzilishi saqlanib qolingan, u umumiy qism (soliq ma’murchiligi masalalari) va maxsus qismga (soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashning asosiy qoidalari) bo‘linishi nazarda tutilgan.

    Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasida taklif etilayotgan asosiy konseptual o‘zgartirishlar:

    I. Maxsus soliq rejimlarining bekor qilinishi:

    bozorlar uchun, ularni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazgan holda;

    konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun ularga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini joriy etgan holda. Bunda mazkur faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun undiriladigan davlat boji miqdorini pasaytirish nazarda tutilmoqda;

    fakat advokatlik hay’atlari uchun notijorat tashkiloti maqomini saqlab qolgan holda, advokatlik byuro va firmalari umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkaziladi;

    qishloq xo‘jaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchilarni umumbelgilangan soliqlarni yoki aylanmadan soliq to‘lashga o‘tkazgan holda. Bunda soliq to‘lovchilarning mazkur toifasi uchun foyda solig‘i bo‘yicha “nol” stavkada va mol-mulk solig‘idan ozod etish belgilanmoqda;

    yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan summada jismoniy shaxslar daromadidan soliq to‘lash tartibi saqlanib qoladi. Bunda ularga deklaratsiya asosida soliq to‘lashni tanlash huquqi beriladi, bu soliq yukini yanada adolatli taqsimlash va mazkur soliq turi bo‘yicha berilgan imtiyozlarni qo‘llash imkonini beradi.

    Soliq kodeksidan davlat boji, ayrim turdagi tovarlarni (alkogolli mahsulotlar) sotish huquqi uchun yig‘imi singari bo‘limlar chiqarib tashlanmoqda. Ularni alohida “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida (yangi tahrirdagi) nazarda tutish taklif etilmoqda.

    II. Umumiy qismga kiritilayotgan qo‘shimchalarda quyidagilar nazarda tutilgan:

    soliq to‘lovchilar va soliq organlarining huquq va majburiyatlarini aniqlashtirish;

    soliq organlariga tahlika-tahlil natijalariga ko‘ra (inspektor aralashuvisiz) vakolatli organ bilan kelishmagan holda, kameral, sayyor tekshiruvlar va soliq auditini tayinlash huquqini beradigan soliq nazoratini o‘tkazishning yangi tartibini joriy etish;

    soliq auditini o‘tkazish, soliq nizolarini sudgacha tartibda hal etish, shuningdek, soliqqa oid huquqbuzarlikning turiga qarab javobgarlik choralarini belgilash tartibini detallashtirish;

    ortiqcha to‘langan soliq o‘z vaqtida qaytarilmaganligi uchun penya to‘lagan holda soliq summasini o‘z vaqtida qaytarish bo‘yicha soliq organlarining javobgarligini kuchaytirish;

    soliqlar to‘lanishini ta’minlash bo‘yicha yangi dastaklarni, shuningdek, kollegial organlar (komissiyalar) ishtirokisiz pullik asosda soliqlar to‘lanishini kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini berish tartibini joriy etish;

    soliq solishdan bo‘yin tovlashga qarshi tadbirlar belgilash bo‘yicha normalarni, shu jumladan, “bitimlarni qayta malakalash” qoidalarini, “soxta bitimlar” bekor qilinishini, firibgarlikdan iborat bitimlar bo‘yicha chegirmalar taqdim etilmasligini belgilash.

    III. Maxsus qismga kiritilayotgan qo‘shimchalarda soliqlarni hisoblab chiqarish mexanizmini va to‘lash tartibini takomillashtirish, shuningdek, barcha soliq solish elementlarini aniqlashtirish va tartibga solish nazarda tutilgan.

    Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida soliqlarning 9 ta turi nazarda tutilgan, katta bo‘lmagan kompaniyalar (1 milliard so‘mgacha aylanmaga ega bo‘lgan) uchun aylanmadan soliq ko‘rinishidagi maxsus soliq rejimi saqlanib qoladi.

    Soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash bo‘yicha asosiy o‘zgartirishlar:

    Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha:

    batafsil kameral tekshiruv o‘tkazilganidan keyin soliq to‘lovchilarga QQS bo‘yicha “salbiy” saldoni qaytarish huquqi taqdim etiladi. Yirik soliq to‘lovchilar uchun uni soddalashtirilgan tartibda qaytarish ham nazarda tutilmoqda. Ayni paytda QQS bo‘yicha “salbiy” saldo faqat eksportyorlarga qaytarilmoqda;

    asosiy vosita obyektlari, shu jumladan, ko‘chmas mulk obyektlari xarid qilinganda (barpo etilganda) QQSni bir yo‘la hisobga olinishi joriy etiladi. Ayni paytda hisobga olish teng ulushlarda ketma-ket keluvchi 12 oy davomida, ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha esa 36 oy davomida amalga oshirilmoqda;

    QQSdan ozod bo‘lish huquqiga ega elchixonalar va xalqaro tashkilotlarga xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan QQSsiz realizatsiya qilishning amaldagi tartibi o‘rniga QQSni soddalashtirilgan sxema bo‘yicha qaytarish taklif etilmoqda;

    norezidentlar tomonidan ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarga soliq solish joriy etilmoqda;

    davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha xizmatlar uchun QQS joriy etilmoqda, bu xususiy sektor bilan raqobatlashish imkonini beradi;

    soliq to‘lovchilar tomonidan sodir etiladigan firibgarlik harakatlari, jumladan, rahbarlar (muassislar) yoki ularning oila a’zolari ehtiyojlari uchun tovar-moddiy boyliklarni tekinga berish, sotib olish va boshqa holatlarda bartaraf etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar nazarda tutilgan;

    hisob-kitoblarni taqdim etish va to‘lash muddatlari qayta ko‘rib chiqilmoqda. Chunonchi, katta bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar (choraklik aylanmasi 1 milliard so‘mdan kam bo‘lgan) hisob-kitobni har oyda taqdim etishlari o‘rniga har chorakda taqdim etishi belgilandi;

    Foyda solig‘i bo‘yicha:

    ilgari soliq solingan shunday daromad summalari bo‘yicha hisobga olish mexanizmini joriy etish orqali dividendlarga pog‘onali soliq solishdan voz kechish taklif etilmoqda;

    foizlarga to‘lov manbaida emas, balki ularni oluvchilarni soliqqa tortish tartibi joriy etilmoqda;yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq solinadigan bazani soddalashtirilgan tartibda tushumning 25 foizi miqdorida belgilash huquqi berilmoqda;

    soliq solinadigan foydani texnologik asbob-uskunalar yoki ko‘chmas mulk obyektlarini xarid qilishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga kamaytirish qismida imtiyozni bekor qilgan holda ularni xarid qilishda bir yo‘la amortizatsiya chegirmalari tartibi joriy etilmoqda;

    avans to‘lovlari bo‘yicha ma’lumotnomalar bekor qilinadi. Ular o‘tgan chorak yakunlariga ko‘ra faqat yirik soliq to‘lovchilar uchun hisoblanadi;

    Mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha:

    obyektlarni hisobga olish sifatini oshirish maqsadida taqdim etilgan imtiyozlarni bekor qilgan holda, alohida obyektlar (yer uchastkalari) bo‘yicha pasaytirilgan soliq stavkalarini joriy etish taklif etilmoqda;

    belgilangan muddatda foydalanishga joriy etilmagan asbob-uskunalarga mol-mulk solig‘ining soliq solish obyektidan chiqarib tashlanmoqda;

    yagona yer solig‘i to‘lovchisi bo‘lmagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar yer solig‘ini qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarish tartibi joriy etilmoqda;

    Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha:

    suvdan quyidagi maqsadlarda foydalanganda oshirilgan (besh baravar miqdorda) soliq stavkalari qo‘llaniladi:

    a) suvdan foydalanishning belgilangan limitlaridan ortiq hajmda foydalanilganda — oshgan qismiga;

    b) ruxsat beruvchi hujjatlarsiz;

    v) avtotransport vositalarini yuvuvchi korxonalar tomonidan yer usti manbalaridan foydalanganda.

    Boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha to‘lovchilar toifasiga, soliq solish obyektiga va soliq solinadigan bazani belgilash tartibiga aniqlashtirishlar kiritildi.

    Yangi Soliq kodeksi to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamalari 17-sentabrga qadar davom etadi.

    02.09.2019, 19:31   Izoh (0)   34631
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Saida Mirziyoyeva: Otamning ko‘zlariga tikilib turib, nigohlarida qat’iyat va ishonchni — hamma ko‘zlaganlari albatta amalga oshishiga bo‘lgan ishonchni ko‘raman

    02.09.2019, 19:16

    Dehqonobod tumani hokimiga polkovnik unvoni topshirildi

    02.09.2019, 19:01

    Yakkasaroy IIB tumandagi tashlandiq hududni bolalar o‘yingohiga aylantirdi

    02.09.2019, 18:47

    O‘zbekistonda avgust oyida iste’mol bozoridagi narxlar o‘rtacha 2,9 foizga o‘sdi

    02.09.2019, 18:04

    O‘z vaqtida mashina yetkazib bermagan Samarqanddagi avtosalon fuqaroga 12,5 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi

    02.09.2019, 17:49

    Otabek Umarov mushakbozlik fonida rafiqasi Shahnoza Mirziyoyeva bilan birga tushgan videoselfisini e’lon qildi

    02.09.2019, 17:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.