• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Xalqaro musobaqadagi g‘oliblikdan so‘ng aeroportdan uyiga taksida qaytgan rekordchi Davronbek Turdiyev hikoyasi (video)

    Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, bir soatda nechta raqam yodlay olasiz? 100 ta, 200 ta yoki 300 ta? Bizning bugungi suhbatdoshimiz 2 soatda 3 250 ta raqamli ma’lumotlarni eslab qolib, Rossiya rekordini o‘rnatgan. Bir necha xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan.

    Davronbek Turdiyev 1991-yil Namangan viloyatida tug‘ilgan. Namangan davlat universitetini tamomlagan. 2018-yilda raqamli ma’lumotlarni eslab qolish bo‘yicha Rossiya rekordini o‘rnatgan. Mnemonika bo‘yicha jahon chempionati ishtirokchisi. Ayni paytda xotirani rivojlantirish bo‘yicha xalqaro ekspert.

    https://www.youtube.com/watch?v=CKB9RTEKTLE

    Xayr sport, salom mnemotexnika

    Hammasi kubik-rubik yig‘ishni o‘rganganimdan boshlandi. Bir kuni og‘aynim kubik-rubikni ko‘zini yumib tergan bolaning videosini ko‘rsatdi. Boshida buni fokus deb o‘yladim. Lekin yaxshilab surishtirib bilsam, hammasi haqiqat ekan. U bola o‘yinda jismlarni bir-biriga nisbatan joylashishini eslab qolarkan. O‘zimcha, agar bu narsani eslab qolishning iloji bo‘lsa, shu texnikalarni ishlatgan holda darsda foyladalansam-chi, deb o‘ylab qoldim. O‘sha paytda universitetda o‘qirdim. 3-semestrgacha o‘qishda natijalarim yaxshi bo‘lmagan. Mnemotexnika bilan shug‘ullanganimdan so‘ng hammasi kutganimdan-da a’lo bo‘ldi.

    Mnemonika yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, eslab qolish san’ati degan ma’noni anglatadi.

    Mnemotexnika — yod olishni osonlashtiruvchi va xotira hajmini kengaytiruvchi usullar tizimidir. Ba’zi mnemonistlar o‘zlashtirishda har xil sun’iy usullarni qo‘llashga o‘rganganligi tufayli katta hajmdagi, hatto ma’nosiz materialni tez eslab qoladi.

    Chunki doskaga hech qanday qog‘ozsiz, shpargalkasiz chiqishni boshlaganman. Hamma hayron qolardi. Agar  birinchi doskaga chiqsam, mendan keyin chiqqan kursdoshlarim yaxshi baho ololmasdi. Sababi hamma qog‘oz bilan chiqar edi. Men chiqqanimdan keyin ana Turdiyev qog‘ozsiz chiqib topshirdi-ku, sizlar qilolmaysizlarmi, deb ustozlar qog‘ozni taqiqlab qo‘ygan. Kimdir yomon, kimdir yaxshi ko‘rib qolgan. Lekin befarq odam qolmagan edi.O‘sha paytlari yana qo‘l jangi bilan ham shug‘ullanardim. 2015-yilda sparringda qattiq jarohat oldim. Boshim ko‘p og‘riydigan bo‘lib qoldi. Shundan so‘ng sportni to‘xtatib, mnemonika bilan jiddiy shug‘ullanishni boshladim.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Abdulaziz Komilovning yaxshiligi

    Kunlarning birida mnemotexnika bo‘yicha ham jahon chempionati o‘tkazilishidan xabar topdim. Tabiiyki, qatnashish istagi tug‘ildi. O‘zimcha tayyorgarliklar ko‘rdim. Jahon chempionatiga ketishdan oldin yaxshigina ko‘zim ochildi. Motivatsiya kitoblarida “Agar inson bir narsani kuchli xohlasa, butun dunyo unga ko‘maklashadi” deyiladi. Menda esa aksincha dunyo teskariga aylandi. Bu istagim haqida aytganimda oshna-og‘aynim ustimdan kuldi. Dadam so‘kdi. “Kap-katta odam bo‘lsang, Davron, uylanmaysanmi? Diplomingni olding, yaxshi ishga kirmaysanmi? Jahon chempionatida nima qilasan”, — deb tanbeh berganlar ko‘p bo‘ldi. O‘sha paytda maktabda oyligim bir million so‘m edi. Jahon chempionati uchun Xitoyga borib kelishimga esa 1500 dollar kerak edi. Ochig‘i, pul borasida ko‘p qiynaldim. Chunki qayerga xat bilan chiqmay hamma joydan “yo‘q” degan javob olaverganman. Hech kim menga ishonmagan. Xuddiki men musobaqaga emas, boshqa joyga ketayotganimday shubha bilan qarashgan. Bundan tashqari, aynan 2017-yilda viza yopilgandi. Olish uchun bormagan tashkilotim qolmagan. Oxiri Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovga xat bilan chiqqanman. O‘sha inson tufayli ketishimdan ikki kun oldin viza chiqqan. Xullas, qarzlarga botib, dadamning so‘kishlarini eshitib, chempionatga ketganman.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Insonning imkoniyatlari juda keng ekan!

    Avvallari 5 daqiqada insonning xotirasi 300 dan ortiq raqam eslab qololmaydi, deb o‘ylardim. Lekin musobaqada yonimda o‘tirgan xitoylik Sheybin Bin 5 daqiqada 508 raqam eslab qolgan. Ishonmay bir necha bor so‘raganman. Lekin bu haqiqat edi.  Sheybin Bin ushbu natijasi bilan o‘sha yili jahon rekordini o‘rnatgan. Shundan keyin fikrlarim umuman o‘zgargan. Tushundimki, insonning salohiyati ancha keng ekan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Chempionatdan umuman boshqa odamga aylanib qaytdim. Ishlab yurgan paytimda “Rossiya1” kanalidan bog‘lanishib, “Ya mogu” ko‘rsatuviga chaqirishdi. Ochig‘i, boshida ishonmadim. Rossiyadagi birorta o‘rtog‘im men bilan hazillashyotgandir, deb o‘yladim. Keyin ularga maktabda ishlashimni, ruxsat olishim uchun menga xat yuborishlarini so‘radim. Telegram’imga rostdan ham birinchi kanal muxri bilan xat keldi. Men rozi bo‘ldim! Menga topshirilgan vazifa — savatchada 250 ta har xil mahsulot bo‘ladi. Har birining 13 ta raqamdan iborat shtrix-kodi bor, 2 soat ichida 3 250 ta raqamni eslab qolishim kerak edi. Shu paytgacha bunchalik ko‘p raqam yodlamagandim. Jahon chempionatida 1 soatdagi natijam ham 980 ta raqam bo‘lgan. Lekin Xudoga tavakkal qilib, ko‘rsatuvga bordim.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Xullas, vazifani berishdi. Vaqt belgilandi. Lekin yodlashim qiyin bo‘ldi, chunki syomka, qarsaklar yana xuddi atay qilganday boshlovchi Leonid Yakubovich ora-orada “Davron, hammasi yaxshimi?”, — deb so‘rab turardi. Ha, ha deyman-u, xayol bo‘linadi. Chalg‘iysiz. Shuncha raqamni yodlashim uchun esa menga jimjitlik kerak edi.

    Raqamlarni bir necha bor takrorladim. Boshim og‘rib qoldi. Tavakkal qilib navbatimdan avval sahnaga chiqdim. Hakamlar savatchadan o‘zlari istagan mahsulotlarni tanlab ola boshlashdi. Men xotirjam bo‘lib raqamlarni aytaverdim. Bir, ikki, uch, xullas, 9 ta mahsulotning shtrix-kodini aytdim. 10-si qolganda hech esimdan chiqmaydi, boshlovchi bankada qo‘ziqorinni oldi. Hayajonlandim. Oxirgi ikki raqamda ikkilandim. Lekin ularni ham to‘g‘ri aytib, Rossiya rekordini o‘rnatdim. Olqishlar, tabriklar... To‘g‘risi, uddalay olaman deb o‘ylamagandim. Ko‘rsatuvdan keyin o‘zim haqimda fikrim o‘zgardi. Katta kuch, ishonch bilan O‘zbekistonga qaytdim.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Keyin “Udivitelniye lyudi”da ham qatnashdim. Shundan keyin karyera boshlandi. Mening sevimli mashg‘ulotim mening kasbimga aylandi. Qisqa qilib aytganda, mnemonika hayotimni tubdan o‘zgartirdi.

    2018-yil yozda mnemonist yigitlar bilan yana xalqaro musobaqada ishtirok etdik. Men kubik-rubik yig‘ish bo‘yicha 2-o‘rinni qo‘lga kiritdim. Jamoaviy bahslarda esa umumiy hisobda 3-o‘rinni oldik. Bitta alam qiladigan tomoni, Mo‘g‘uliston ham 3-o‘rinni olib vataniga qaytganida, ularni bosh vaziri kutib olgan. Bizni esa... taksi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mnemotexnikaning qanday foydasi bor?

    Mnemotexnika foydasi haqida soatlab emas, kunlab gapirish mumkin. Buni faqat raqam yodlashda emas, har joyda qo‘llasa bo‘ladi. Hamma oliygohlarga kirish imtihonlari blokida tarix fani bor. Abituriyentlar 10 mingdan ziyod tarixiy sanalarni eslab qolishadi. Bunga esa 3 yil vaqt sarflanadi. Agar mnemotexnikani o‘rgansa, buncha vaqt zoye ketmaydi. O‘tgan yili jahon chempionatida 150 raqamni 5 daqiqada eslab qolishgan. Tasavvur qiling, endi hisoblab ko‘rsak 10 mingta raqamni yodlash uchun bor-yo‘g‘i bir oy vaqt ketadi, xolos.

    Ikkinchidan, til o‘rganishda bu juda qulay. Hozirgi kunda ko‘pchilik ingliz tili bilan shug‘ullanadi. Umumiy olib qaraganda, ingliz tilida yaxshi gaplashish uchun 5 000 ga yaqin so‘zni yodlash kerak. Mnemonika bilan 4 000 ta so‘zli lug‘at kitobni bir haftada eslab qolsa bo‘ladi. O‘rganuvchilar esa unga 1 yildan ortiq vaqt sarflaydi. Agar 1 yilda 56 hafta bo‘lsa, qarang qancha vaqt tejaladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bir necha yil oldin xususiy maktabda ishlaganman. Zebo ismli o‘quvchim kimyo fani bo‘yicha olimpiadada qatnashayotgan edi. Bir kuni yonimga kelib “Ustoz, mnemonika bilan Mendeleyev davriy jadvalini eslab qolish mumkinmi, qancha vaqtim ketadi?”, — deb so‘radi. Yodlashga bir hafta vaqt ketsa kerak, deb taxmin qildik. Lekin u ikki kunda eslab qoldi. Shunday zo‘r yodladiki, elementlarning oxirgi 2 ta raqamini aytsangiz, qolgan hamma ma’lumotni aytib beradigan bo‘ldi. Keyinchalik Zebo xalqaro konferensiyalarda ham qatnashishni boshladi. Afsuski, buni ko‘pchilik bilmaydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Buning uchun insonda qandaydir qobiliyat bo‘lishi kerakmi?

    Bu savol bilan ko‘pchilik murojaat qiladi. Lekin ishonch bilan aytaman. Buning uchun hech qanday iqtidor kerak emas. O‘rtacha salohiyatli inson egallay oladi. Buning uchun daho bo‘lishi shart emas.

    Bir hayotiy misol keltiraman. Hammaning mushagi bor. Rivojlantirsangiz qandaydir shaklga ega bo‘ladi. Lekin odamlar orasida bir noto‘g‘ri fikr bor: ko‘chada biror bir baquvvat odamni ko‘rsangiz, sport bilan shug‘ullanarkan-da deb o‘ylaysiz. Lekin nimagadir xotirasi kuchli odamni ko‘rganlar o‘zi qobiliyatli ekan-da, deyishadi. Lekin takror aytaman, bu qobiliyat emas. Agar shunday deyilgan taqdirda ham bu iqtidor hammada bor.

    Qisqa qilib aytganda, mushakni o‘stirish uchun bilak kerak; xotirani rivojlantirish uchun esa yaxshimi-yomonmi ozgina xotirangiz bo‘lsa bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mnemonika bo‘yicha jahon chempionlari bizga kerakmi?

    O‘zbekiston xalqaro arenada sportchilari bilan yaxshi tanilgan. Asosan, boks maktabimiz juda kuchli. Natijalar zo‘r. 2016-yilgi olimpiada o‘yinlarini ham misol keltirsak, sportchilar qancha oltin medal bilan qaytib keldilar. Lekin O‘zbekiston faqat mushtlashishda emas, intellektual salohiyati bilan ham tan olinishini xohlardim. Eng qizig‘i, bu narsa qo‘limizdan keladi.

    Xotirangiz — bu sizning eng muqaddas narsangiz. U yerda eng ishongan tuyg‘ularingiz, yaxshi ko‘rgan insonlaringiz saqlanadi. U bilan ota-onangiz yuzini eslay olasiz. Agar inson xotirasidan judo bo‘lsa, u o‘zligini yo‘qotadi. Shu sababli xotirani rivojlantirish inson uchun burch!

    O‘zbekistonda mnemonikani rivojlantirish uchun nimalar qilish kerak?

    Birinchi o‘rinda odamlarga tanitish kerak. Mental arifmetikada bolalar qo‘l yordamida hisob-kitob qiladi. Agar bir yil oldin bu haqda gapirsangiz, deyarli hech kim bilmasdi. Lekin hozir-chi? Aksariyat kishilar bundan xabardor. Bir kuni Moskvadan xalqaro musobaqada g‘olib bo‘lgan bolalar bilan birga keldim. Karnay-surnaylar bilan kutib olishdi. Men hozir mental arifmetikani yerga urmoqchi emasman, lekin mnemonikaning sohasi ancha keng. Uni ishlatish mumkin bo‘lmagan joy yo‘q. IT’mi, tilmi, xullas, har sohada foydalanish mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ikkinchidan, maktab tizimiga mnemonikani qo‘shish kerak. Maktabda o‘quvchilar fizika, matematika, geometriya, xullas, o‘tiladigan hamma fanni bilishi kerak. Hozirgi tizim o‘quvchilarga faqat bilim berishga asoslangan. Lekin bola buni qabul qiladimi, yo‘qmi hech kimni qiziqtirmaydi.

    Avvalo biron narsa ekishdan oldin yerni yaxshilab tayyorlab olish lozim. Ularga bilim berish bilan birga qobiliyatlarini ham rivojlantirish kerak. Agar o‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantira olsak, ular berilgan bilimni 10 barobar tezroq qabul qilishni boshlaydi.

    Uchinchidan, imkoniyati cheklangan insonlarga mnemotexnikani o‘rgatish kerak. Sababi sportda gender va paraolimpiadaga bo‘linishlar bor. Lekin mnemotexnikada esa bunday tabaqalarga ajratilmaydi. Masalan, 2017-yilda jahon chempionatida imkoniyati cheklangan inson — Yoxannes Mallou g‘olib bo‘ldi.

    Mallouni ko‘rganimdan beri o‘zimiznikilarga o‘rgatsak-chi, degan fikr xayolimdan ketmaydi. Axir O‘zbekistonda qancha shunday insonlar bor. Jismonan cheklangan inson, lekin ongi, ruhan imkoniyati cheksiz bo‘ladi. Agar ularga mnemonikani o‘rgatsak, yurtimiz nafaqat sport, balki ilm, kuchli xotira egalari yurti sifatida ham tanilar edi.

    Xonzodabegim A’zamova suhbatlashdi

    28.08.2019, 17:44   Izoh (0)   85909
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Sistit — bu uyat emas!

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Simone Inzagi “Al-Hilol” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 3 iyun, 20:45

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    Dunyo | 3 iyun, 20:40

    Rossiyada Leonardo Di Kaprioning qiyofadoshi suratga tushgan film taqdim etildi

    Layfstayl | 3 iyun, 20:20

    Volkswagen Germaniyada 20 ming xodimini ishdan bo‘shatadi

    Dunyo | 3 iyun, 20:03

    Konditsioner yoqilganda derazani yopish kerakmi?

    Layfstayl | 3 iyun, 19:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.