Ukrainaning besh prezidenti ilk marta birga suratga tushdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Suratni jurnalist Sonya Koshkina mustaqillik bayrami munosabati bilan Mariinsk qasrida o‘tkazilgan qabul chog‘ida olgan.
Suratda Leonid Kravchuk (1991—1994), Leonid Kuchma (1994—2005), Viktor Yushenko (2005—2010), Pyotr Poroshenko (2014—2019) hamda mamlakatning amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiyni ko‘rish mumkin.
Ukraina mustaqillik bayrami turli davrlarni birlashtirdi. Prezidentlar mamlakat kelajagi uchun qadah ko‘tardi, deyiladi xabarda.
Izoh (0)