Rossiyadagi Jukovskiy aeroporti yaqinidagi makkajo‘xori dalasiga favqulodda qo‘ndirilgan Airbus A321 samolyoti uch kunda bo‘laklarga bo‘linib, hududdan olib chiqib ketildi. Bu haqda Life Shot xabar berdi.
Samolyot bir necha mayda bo‘laklarga bo‘linayotgani aks etgan bir daqiqalik video e’lon qilindi. Unda og‘ir texnika va gidravlik uskunalar yordamida avval samolyotning qanoti, keyin esa kabinasi bo‘laklanayotganini ko‘rish mumkin.
So‘ngra bo‘laklar yuk mashinasiga ortilgan va daladan chiqarib ketilgan.
Izoh (0)