25-avgust kuni soat 19:11 da Bektemir tumani, Ohangaron shoh ko‘chasida joylashgan “Gulsara Lyuks” MChJga qarashli AGTKSda “ZIL” rusumli yuk avtomashinasi motor va kabina qismlari yondi. Bu haqda Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.
Jangovar bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 19:15 da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 19:24 da o‘chirilgan. Hodisa joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisada insonlarning halok bo‘lishi va tan jarohati olishi holatlari qayd etilmadi.
Izoh (0)