Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

23-avgust kuni soat 16:53 da Xorazm viloyati Urganch shahri Kamolot ko‘chasi 6-yo‘lak 34-uyda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushdi. Bu haqda FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berdi.

Foto: FVV YoXBB

Foto: FVV YoXBB

Voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 16:59 da yetib borib, yong‘in soat 17:05 da qurshab olingan va soat 17:15 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in o‘chiruvchilar tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in joyidan uy egasi 1934-yilda tug‘ilgan fuqaro R.M. qutqarilgan va yong‘indan uyning 600 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Yong‘in oqibatida uyning 20 kvadrat metr maydonda shift qismi va ichki jihozlari yonib zararlangan. Uydagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab yong‘in yuzaga kelgan deb taxmin qilinmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi