Digital Generation jamoasi Qonliko‘l tumanidagi Yoshlar saroyida yosh dasturchilar uchun IT-treninglarini o‘tkazdi. Bu haqda Digital Generation IT-dasturi tashkilotchilari “Daryo”ga ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, Digital Generation’ning o‘quv dasturi jamoaning bir guruh a’zolari va Toshkentdagi Inha universitetining talabalari tomonidan ishlab chiqilgan.
Digital Generation jamoasi tomonidan joylarda dasturlash bo‘yicha bir qator ochiq master-klass darslari tashkil etilgan.
“Dastur doirasida ishtirokchilar Scratch, HTML, CSS, Python kabi dasturlash tillari orqali Android platformasi uchun mobil ilovalarni ishlab chiqish va web-saytlar yaratish (Front-end va Back-end dasturlash) bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)