Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv dahasida joylashgan “Nilufar Yulduz” MChJga qarashli oziq-ovqat savdo do‘konida 24-avgustdan 25-avgustga o‘tar kechasi yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘inda odamlarning tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan. Bu haqda Toshkent shahar YoXB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yong‘in o‘chirish bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 05:26 da yetib borgan va yong‘in soat 05:33 da bartaraf etilgan.
Yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
“Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi barcha fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qoladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)