Xodimlarining kamida 50 foizi nogironligi bor shaxslardan iborat jamoat birlashmalari quyidagi soliqlardan ozod etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar qildi.

Foto: “Abt.uz”

Ular quyidagilar:

— foyda solig‘i;

— qo‘shilgan qiymat solig‘i;

— mol-mulk solig‘i.

Shuningdek, mazkur yuridik shaxslar yer solig‘ini 0,1 pasaytirilgan koeffitsiyentda to‘laydi.

Davlat buyurtmachilariga ushbu toifadagi yuridik shaxslarning tovarlarini xarid qilish uchun kvotalar taqdim etiladi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.