2019-yilning 14-avgust kuni Farg‘ona viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Natijada Farg‘ona shahar Yangi Asr ko‘chasida yashovchi 53 yoshli A.S. Terakzor ko‘chasida qo‘lidagi selofan paketda 2 kilogramm 311 gramm marixuana giyohvandlik vositasini olib ketayotganida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)