• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston aeroportlari xorijiy aviakompaniyalar uchun ochilmoqda

    O‘zbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimini aviatashuvlar tizimidagi mavjud muammolarni yechish yo‘li orqali ko‘paytirish maqsadida O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2019-yilning 1-oktabridan “Qarshi”, “Nukus” va “Termiz” xalqaro aeroportlarida “beshinchi havo erkinligi” darajasini qo‘llagan holda “Ochiq osmon” rejimi joriy qilinadi, “Buxoro” xalqaro aeroporti ham xorij fuqarolarini tashish uchun xuddi shunday erkinlikni qo‘lga kiritadi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.

    Foto: “O‘zbekiston havo yo‘llari”

    Foto: “O‘zbekiston havo yo‘llari”

    Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Tashish tizimini yaxshilashga ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i v.b. Zafarjon Vohidov “Ochiq osmon” rejimi bo‘yicha izoh berdi.

    “‘Ochiq osmon’ bu xorijiy aviakompaniyalar uchun mamlakat havo yo‘llaridan foydalanish imkoni va shartlarini liberallashtirish va yengillashtirish demakdir. Ushbu rejim mamlakatga kelayotgan turistlar oqimni oshirish hamda uning mintaqaviy aviatsion xab sifatidagi salohiyatini oshirish uchun qo‘llaniladi. “Ochiq osmon” rejimi bozorni xalqaro aviakompaniyalarga mamlakat aeroportlari va ularning quruqlikdagi xizmatlari uchun ochadi. “Ochiq osmon”ning asosiy tamoyillari nafaqat tranzit parvozlar uchun huquq taqdim etish, balki hukumatning marshrutlar hamda aviakompaniyalarning narx hosil qilish va belgilash jarayonlariga aralashmaslik, shuningdek, samolyotlar va ularning quvvati turlariga doir cheklovlarning yo‘qligini ham anglatadi”, — deydi u.

    Jahon tajribasiga ko‘ra, “Ochiq osmon” siyosatining qo‘llanilishi yo‘lovchi tashuvlarini o‘rtacha 35 foizga (usiz 8 foiz) oshirish imkonini berdi. Bu shuningdek, aviachiptalar narxini 20 foizdan 40 foizgacha pasaytirdi. Bundan tashqari, mazkur rejim o‘n minglab yangi ish o‘rinlarini yaratadi. Masalan, Avstraliya va Yangi Zelandiya o‘rtasidagi kelishuv 40 ming kishini ish bilan ta’minladi, Singapurdagi liberal havo rejimi 163 ming ish o‘rnini yaratdi.

    Umuman olganda, bugunga kelib fuqaro aviatsiyasi dunyo miqyosida 63 million kishini ish bilan ta’minlamoqda va uning jahon YAIMdagi hissasi 3,5 foizni tashkil qiladi.

    Ta’kidlash joizki, havo kengligidagi erkinlik fuqaro aviatsiyasining qator qoidalarini o‘zida jamlaydi va bu qoidalar bir mamlakat aviakompaniyasiga boshqa mamlakatning havo kengligiga kirish hamda uning hududiga qo‘nish huquqini beradi.

    Mazkur qoidalar 1944-yilgi  “Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi to‘g‘risida”gi konvensiyada qayd etilgan aviatsiya liberallashuv darajasi bo‘yicha murosalar natijasida shakllantirilgan.

    Shu o‘rinda Zafarjon Vohidov “beshinchi havo erkinligi” tushunchasiga oydinlik kiritdi: “‘Beshinchi havo erkinligi’ aviakompaniyalarga o‘z mamlakatiga parvoz davomida to‘lov asosida yo‘lovchi va yuklarni bir xorijiy davlatdan boshqasiga tashish huquqini beradi, ya’ni beshinchi erkinlik nafaqat yo‘lovchilarni A nuqtadan B nuqtaga va A nuqtadan C nuqtaga (B nuqtada vaqtincha qo‘nish orqali), balki B nuqtadan C nuqtagacha va C nuqtadan B gacha ham (A->B->C) tashishni anglatadi. Yo‘lovchilarni eng avvalo B nuqtadan C nuqtagacha va C nuqtadan B gacha amalga oshiriluvchi parvozlar narxining qimmat emasligi ham o‘ziga jalb qiladi. Yo‘lovchilarning bir qismi faqat B nuqtagacha parvoz qilishi munosabati bilan aviakompaniyada B nuqtadan C nuqtagacha parvozda doim bo‘sh o‘rinlar bo‘ladi va aviakompaniya bu o‘rinlarni maksimal to‘ldirishga harakat qilib, buning uchun maxsus narxlarni qo‘llaydi. Bu holatda yo‘lovchi ko‘pincha kichik masofalarga B747/777, A330/A340 turdagi uzoq magistralli samolyotda aviaparvozni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi”.

    Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Tashish tizimini yaxshilashga ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, “Ochiq osmon”ga asosan mahalliy aviakompaniyalari aholi va xorijiy sayyohlarning mavjud hamda ehtimoliy talablarini to‘liq qondira olmaydigan mamlakatlar qo‘shiladi.

    “Masalan, Rossiya o‘zining Sochi, Kaliningrad va Vladivostok shaharlaridagi aeroportlari uchun “Ochiq osmon” siyosatini yuritadi. Isroil Al-Qudsdagi asosiy “Ben Gurion” aeroportida shu siyosatni muvaffaqiyatli yuritadi. Yevroittifoq mamlakatlari esa “Ochiq osmon” rejimini umumiy aviatsiya bozori ichida YeI mamlakatlariga teng imkoniyatlarni taqdim etish uchun qo‘llaydi. Xususan, Isroilning muvaffaqiyatli tajribasi bu siyosat oxir-oqibat - ham mahalliy aviakompaniyalar, ham butun bir mamlakat uchun yutuq bo‘lishini ko‘rsatadi. 2013-yildan 2017-yilgacha bo‘lgan davrda “Ben Gurion” aeroportidagi yo‘lovchilar oqimi 13 milliondan 20 million kishiga oshdi, aeroportning o‘zi esa dunyoning eng yetakchi aeroportlari ro‘yxatidan joy oldi”, — deydi Z.Vohidov.

    Shuningdek, so‘nggi ikki yilda 12 aviakompaniyani jalb qilib, 12 yangi xalqaro marshrutni ochishga muvaffaq bo‘lgan Armaniston ham bunga misol bo‘la olishi qayd etildi. Bundan tashqari, MDH davlatlari muayyan shaharlari doirasida ham qisman ochiq osmon rejimi tajriba qilinmoqda. Mutaxassisning ta’kidlashicha, “Ochiq osmon” siyosatini yuritayotgan mamlakat o‘zining havo kengligi va aeroportlaridan foydalanish qoidalarini maksimal darajada soddalashtirishi, xizmatlar bilan bog‘liq xarajatlarni minimallashtirishi, ayniqsa, aviakerosinni raqobatbardosh narxlarda taqdim etishi lozim.

    “Aviakompaniyalarning ma’lum bir mamlakatga parvoz qilish yo qilmasligiga doir qarorni qabul qilishida ikki asosiy omil ahamiyatga ega: aviayoqilg‘i narxi hamda aeroportlarda xizmat ko‘rsatish narxi. Bugungi kunda O‘zbekistondagi aviayoqilg‘i narxi hamda aeroport yig‘imlari stavkalari raqobatbardosh emas. O‘zbekiston Prezidentining yangi farmoni bilan mazkur muammo deyarli hal bo‘lgan, topshiriqni o‘z vaqtida, sifatli bajarishgina qolgan. Uzbekistan Airports AJga respublikaning xalqaro aeroportlari takliflari bo‘yicha norezident aviakompaniyalar uchun aeroportlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar stavkasi va yig‘imlarni mustaqil belgilash, aviatsiya yoqilg‘isi va yoqilg‘i-moylash materiallarini saqlash uchun zarur infratuzilmani kengaytirish va modernizatsiyalash huquqi berildi. Eng asosiysi, ular mahalliy yoki xorijiy aviayoqilg‘i va yoqilg‘i-moylash materiallarini yetkazib beruvchilar bilan mustaqil ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar imzolashi, shuningdek ularni mamlakatning xalqaro aeroportlariga reyslarni, shu jumladan tranzit reyslarni amalga oshirayotgan mahalliy va xorijiy aviakompaniyalarga sotishi mumkin”, — deya qo‘shimcha qiladi Zafarjon Vohidov.

    Eng muhimi, endi aeroportlarida “Ochiq osmon” rejimi joriy qilinuvchi shaharlar bilan reyslarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor xorijiy aviakompaniyalar parvozlarni amalga oshirishga ruxsat olish uchun Transport vazirligiga, slot uchun esa Uzbekistan Airports AJga murojaat qilishadi. Shu bilan birga, Farmonda “Ochiq osmon” rejimini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun barcha choralar ko‘rsatilgan. Xususan, joriy yilning oxiriga qadar hamkorlik aloqalari va parvozlar geografiyasini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining aviaqatnovlari to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuvlari inventarizatsiya qilinib, qayta ko‘rib chiqiladi.

    “Ochiq osmon” rejimi joriy qilinishi bilan xorijiy sayyohlar soni sezilarli darajada oshishi kutilmoqda va ichki transport tashuvlarini yo‘lga qo‘yish zarurati yuzaga keladi. Ushbu masala yechimini topish hamda xalqaro aeroportlar yo‘lovchilariga qulay logistika yaratish maqsadida Transport vazirligiga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan hamkorlikda transport tarmoqlarini – mamlakat shaharlari hamda qo‘shni davlatlar o‘rtasida avtobus va temir yo‘l qatnovlarini ta’minlashga doir reja ishlab chiqish va amalga oshirish kutilmoqda. Bundan tashqari, “Qarshi”, “Nukus”, “Termiz” va “Buxoro” aeroportlarida “Ochiq osmon” rejimi yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan uchish-qo‘nish yo‘lakchalari, nazorat-dispetcherlik punktlari, aeronavigatsion uskunalar va statsionar yer usti aloqa tarmoqlarini rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda.

    ““Ochiq osmon” rejimi mamlakat fuqaro aviatsiyasini mustahkamlash, aholining diversifikatsiyalangan va hamyonbop aviachiptalar hamda yuk tashuvlarga bo‘lgan o‘sib borayotgan talabini qondirish, shuningdek aviapark “yosharishi” hisobiga parvozlarning yuqori xavfsizlik darajasini ta’minlash imkonini beradi. Shu bilan birga, bu Osiyo, Yevropa va Yaqin Sharq o‘rtasidagi tranzit hisobiga parvozlar geografiyasini kengaytirish, aviachiptalar narxini sezilarli darajada pasaytirish, aviatashuvlar bozorida mahalliy kam byudjetli aviakompaniyalar rivoji, aviatsiya sohasidagi xalqaro boshqaruv kompaniyalarni jalb qilish va biznes-aviatsiyani rivojlantirishga turtki beradi”, — deya xulosa qiladi Tashish tizimini yaxshilashga ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i.

    19.08.2019, 20:58   Izoh (0)   15833
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Navoiyda mast holdagi fuqaro ichki ishlar organlari xodimining xizmat vazifasini bajarishiga to‘sqinlik qildi

    19.08.2019, 20:45

    Sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovning jinoyatlari aks etgan hujjatli film namoyish etiladi

    19.08.2019, 20:19

    Bosh prokuratura: Gulnora Karimovaga nisbatan yana uchta holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    19.08.2019, 20:00

    Rossiyada o‘zbekistonlik harakatlanayotgan poyezddan sakradi

    19.08.2019, 19:40

    Rossiyada yuz bergan yo‘l-transport hodisasida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

    19.08.2019, 18:48

    AQSh O‘zbekistonga vazirliklar xarajatlari haqidagi ma’lumotni oshkor etishni tavsiya qildi

    19.08.2019, 18:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.