18-avgust, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 17-turining so‘nggi uchrashuvida Navoiyning “Qizilqum” jamoasi Samarqandning “Dinamo” klubiga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuv davomida Navoiy klubi a’zolari Sherali Jo‘rayev (55) hamda Mate Vatsadze (64) urgan gollarga samarqandliklar Jasur Azimovning 75-daqiqada penaltidan kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi.
Shu tariqa “Qizilqum” o‘z uyida “Dinamo”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, “Dinamo” 18 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. Undan keyingi o‘rinni band qilib turgan “Qizilqum” hisobida esa 17 ochko mavjud.
Superliga
18-avgust, yakshanba
17-tur bahsi
“Qizilqum”—“Dinamo” 2:1
Gollar: 1:0 — 55 Sherali Jo‘rayev, 2:0 — 64 Mate Vatsadze, 2:1 — 75, penalti, Jasur Azimov“Qizilqum”: Yevgeniy Cheremisin, Alisher Sanoyev, Lasha Totadze, Stiven Peter, Salim Mustafoyev, Muhsin Ubaydullayev (Suhrobjon Yarashov, 78), Sherali Jo‘rayev, Azizbek Usmonov, Ruslan Margiyev, Mate Vatsadze, Doston Ibrohimov (Sunnatilla Abdullajonov, 70)
“Dinamo”: Botirali Ergashev, Mirkomil Lokayev, Hakimxon A’lamxonov, Jasur O‘rinov, Jasur Azimov, Bobur Qosimov, Damir Temirov, Ixtiyor Toshpo‘latov (Amirjon Safarov, 63), Sardor Eminov (Qadamboy Nurmatov, 60), Shohrux Abdurahmonov (Obidjon Hakimov, 69), Bahodir Nasimov
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)