14-avgust, chorshanba kuni Turkiyaning Istambul shahri mezbonlik qilgan futbol bo‘yicha Yevropa Superkubogida Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibi “Liverpul” Yevropa Ligasi sovrindori Londonning “Chelsi” klubiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuv davomida “aristokratlar”dan Olivye Jiru (36) hamda Jorjinyo (101, penalti) o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Mersisayd klubi vingeri Sadio Mane 48 va 95-daqiqalarda Kepa Arrisabalaga darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi.
Shu tariqa o‘yinning asosiy vaqti hamda qo‘shimcha bo‘limlar 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
Penaltilar seriyasida esa “Liverpul”ning qo‘li baland keldi va jamoa o‘z tarixida 4-marta Yevropa Superkubogini qo‘l kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, “qizillar” bunga qadar 1977, 2001 va 2005-yillarda ham mazkur sovringa ega chiqqandi.
Qayd etish joiz, bosh murabbiy Yurgen Klopp esa “Liverpul” bilan 4 yil mobaynida 2-marotaba nufuzli sovrinni o‘ziniki qildi.
Yevropa Superkubogi
14-avgust, chorshanba
“Liverpul”—“Chelsi” 2:2 (5:4—penaltilar seriyasi)
Gollar: 0:1 — Jiru, 1:1 — 48 Mane, 2:1 — 95 Mane, 2:2 — 101, penalti, Jorjinyo“Liverpul”: Adrian, van Deyk, Matip, Robertson (Aleksander-Arnold, 90), Gomes, Henderson, Milner (Veynaldum, 64), Oksleyd-Chemberlen (Firmino, 46), Fabinyo, Mane (Origi, 103), Saloh
“Chelsi”: Arrisabalaga, Zuma, Kristensen (Tomori, 85), Emerson, Aspilikueta, Kovachich (Barkli, 101), Jorjinyo, Pulishich (Maunt, 74), Kante, Pedro, Jiru (Abraham, 74).
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 5:4
Ogohlantirishlar:Aspilikueta (79), Henderson (85), Aleksander-Arnold (107)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)