Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin “Valyadolid”ga o‘tdi. Bu haqda madridliklar rasmiy saytida xabar berildi.
21 yoshli ukrainalik futbolchi 2019/20-yilgi mavsumni “Valyadolid” safida ijara asosida o‘tkazadi.
Lunin “Real”ga 2018-yilning yozida kelgandi. O‘tgan mavsumni futbolchi “Leganes”da o‘tkazdi va beshta o‘yinda maydonga tushdi.
Luninning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilga qadar mo‘ljallangan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)