O‘zbekiston terma jamoasi va “Rostov” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov kelajagi borasidagi savollarga javob berdi.

Foto: O‘FA matbuot xizmati

– “Rostov” ushbu mavsum yevrokuboklar uchun kurasha oladimi?

– Ha, albatta. Kurashamiz. Hozir bizda yaxshi tarkib bor.

– Yaqinda agentingiz Rossiya Premyer ligasining boshqa klublaridan takliflar ko‘rib chiqilmayotganini va faqat Yevropa varianti ko‘rib chiqilayotganini aytgandi. Qaysi ligani yoqtirasiz?

– Men Yevropada to‘p surmoqchiman. Bu men va oila a’zolarimning orzusi. Kuchli beshlik ligalarining istalgan birida harakat qilishni istayman. Biroq hozir “Rostov” bilan 4 yillik shartnomam bor, ketish haqida o‘ylamayapman.

– Barcha vaqtlarning eng yaxshi hujumchisi?

– Menga yoqadiganlari Torres va Drogba. Yana biri Ronaldo — “so‘yloq”.

– Nimani orzu qilasiz?

– O‘zbekiston terma jamoasi bilan jahon chempionatiga yo‘l olish va u yerda o‘ynashni, — deydi Shomurodov.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!