2014-yul kuni noma’lum shaxs Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida yashovchi 45 yoshli A.I.ning uyiga deraza orqali kirib, uyidan 9 000 AQSh dollari va uzugini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Nukus shahri “Samanbay” MFYda yashovchi, 29-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi 17 yoshli S.B. va 31-sonli o‘rta maktabning 8-sinf o‘quvchisi 14 yoshli P.B. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)