Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 6-avgust kuni topshirilgan test sinovlari natijalari e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: “Xabar.uz”

Eng yuqori ballar quyidagilar:

a) kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

Samarqand tibbiyot institutining 551010008 — Davolash ishi (Qashqadaryo) ta’lim yo‘nalishi — 189,0 ball;

Toshkent tibbiyot akademiyasining 551010008 — Davolash ishi (Sirdaryo) ta’lim yo‘nalishi — 189,0 ball;

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi — 189,0 ball;

b) sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:

Toshkent moliya institutining 5230700 — Bank ishi ta’lim yo‘nalishi — 144,3 ball;

v) kechki ta’lim shakli bo‘yicha:

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 5111306 — Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda ta’lim yo‘nalishi — 119,4 ball.

“Test topshirganlar o‘z ballarini cabinet.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirib tekshirib olishi mumkin. Buning uchun pasport seriyasi yoki ID kodni kiritish kifoya”, — deyiladi xabarda.