Gollandiyalik peyzaj fotografi Kler Dropert o‘zining g‘ayrioddiy to‘plamlari bilan ommani lol qoldirishda davom etmoqda. U yaqinda tabiatning  oddiy, ammo eng yorqin hodisalarini aks ettirgan “Bulutli” to‘plamini yaratdi. Dropertning aytishicha, u bulutlar paydo bo‘lishini ko‘rishi bilanoq, kamerasini olib darhol suratga olishni boshlaydi. Chunki tabiatning bu kabi hayratlanarli hodisalari uzoq davom etmaydi. Biroq suratkash fotoda ularni bir umrga saqlab qolishi mumkin. Bulutlarni Dropert yorqin va ajoyib ko‘rinishi uchun kattalashtirib olgan.

TravelAsk taqdim etgan suratlarga boqib, nafaqat bulutlarning go‘zalligiga, balki Kler Dropertning ham mahoratiga tan berishingiz aniq!

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk