Ukraina o‘zining Chernobil haqida badiiy filmini suratga olishga kirishdi.
Filmni ukrainalik taniqli rejissyor Miroslav Slaboshpiskiy suratga olmoqda. Kartina The Anthropocene deb nomlanadi va u Ukraina kinosi tarixidagi eng qimmat film bo‘lishi mumkin.
Ijodkorlarga ko‘ra, film ekologik triller bo‘ladi va ikki nafar nurlanish darajasini o‘lchovchilarning xavf hududidagi sarguzashtlari haqida hikoya qiladi.
Izoh (0)