Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Prezidentning ko‘rsatmasi bilan yaqin vaqt ichida Samarqand viloyatida yengil metro qurilishi boshlanadi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qilgan.

Foto: “STV.uz”

Foto: “STV.uz”

Shavkat Mirziyoyev 26-iyul kuni viloyatga tashrifi chog‘ida eshkak eshish kanali bo‘yida turistik markaz qurilishi loyihasi taklifi bilan tanishgandi. Majmua uchun 360 gektar yer ajratilishi, uning 80 gektarida anjumanlar markazi, mehmonxonalar va boshqa obyektlar qurilishi mo‘ljallangan. Mehmonxonalar 5, 4 va 3 yulduzli bo‘lib, barcha toifadagi sayyohlarni qamrab oladi. Sayilgohlar, suzish joylari, sun’iy orolchalar, restoranlar tashkil etiladi.

Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, transport infrastrukturasi bilan ta’minlash va uni rivojlantirish maqsadida Prezident yengil metro qurilishini boshlash to‘g‘risida ko‘rsatma bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin oktabr o‘rtalarida Ostonaga tashrif buyurishi mumkin
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?