Germaniyaning Papenburg va Koreyaning Caris Co kompaniyalari O‘zbekistonda yo‘llar quradi hamda ta’mirlaydi, deb xabar berdi Spot.
“Transyo‘lqurilish” DUK xorijiy kompaniyalar ishtirokida qo‘shma korxonalar tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Xususan, ushbu jarayonga Germaniyaning Papenburg va Koreyaning Caris Co kompaniyalari ham jalb etiladi.
Birinchi navbatda Papenburg Uzbekistan MChJ QK tashkil etiladi, qo‘shma korxonasida nemis kompaniyasi ulushi foizni tashkil etadi.
Ikkinchi, Caris Transyo‘lqurilish qo‘shma korxonasida esa, koreys kompaniyasi ulushi 80 foizni tashkil etadi.
Papenburg Uzbekistan Bektemir tumanida joylashgan bino va inshootlar beriladi.
Caris Transyo‘lqurilish korxonasi esa Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashadi.
Bu hozirda mavjud bo‘lgan va kelgusida quriladigan yo‘llar sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aytilmoqda.
Izoh (0)