Toshkentda yo‘qolib qolgani haqida xabar berilgan surxondaryolik 19 yashar Zulxumor Narzullayeva Mirobod tumanida, tanishlarining uyida sog‘-omon holda topildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
“U onasining oldiga qaytdi, barcha araz-ginalar ortda qoldi. Qizni topishda befarq bo‘lmagan fuqarolar va Telegram guruhlari ma’murlari yordam berdi”, — deyiladi IIBB xabarida.
IIBB toshkentliklar va poytaxt mehmonlaridan yaqinlari g‘oyib bo‘lgani haqida avval ichki ishlar idoralariga xabar berish, so‘ng ma’lumotni internet tarmog‘ida tarqatishni so‘ragan.
Izoh (0)