Boks bo‘yicha sobiq Jahon chempioni Roy Jons Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan UFC 242 musobaqasi doirasidagi Habib Nurmagomedov hamda Dastin Porye jangiga o‘z munosabatini bildirdi, deya xabar berdi “TASS”.
“Menga Habib yoqadi, u ajoyib jangchi. Albatta, uning raqibi haqida unchalik yaxshi bilmayman. Lekin Habibning jangda juda yaxshi parterligini aniq bilaman. Shunga qaramay raqib ham “sovg‘a” emas, shuning uchun Habib o‘ta ehtiyotkor bo‘lishi kerak”, — dedi Jons.Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov—Porye jangi 7-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, rossiyalik shu vaqtga qadar 27 ta jang o‘tkazgan bo‘lsa, bularning barchasida g‘alaba qozongan. Amerikalik hisobida esa 25 ta g‘alaba, 5 ta mag‘lubiyat mavjud. Yana bir jangi esa bekor qilingan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)