“Real” yarim himoyachisi Garet Beylga Xitoy klubi qiziqish bildirmoqda.
AS’ning xabar berishicha, “Szyansu Sunin” klubi “Real”ga 30 yoshli futbolchi uchun 22 million yevrolik taklif bilan chiqqandi. Xitoyliklar Beyl bilan 2 yillik shartnoma imzolashga va u uchun yiliga 17 million yevro to‘lashga tayyor edi.
Madrid klubi va o‘yinchi ushbu taklifga rozilik bergani yo‘q.
Avvalroq “Qirollik klubi” Beylni Xitoy klubiga erkin agent sifatida berib yuborishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)